Sent-Ekzyuperi (1900–1944) Malro, Sartr, Kamyu singari fransuz
adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa va ovozga ega bo‘lgan ijodkorlar
sirasiga kiradi.
Sent-Ekzyuperi 1900-yilning 29-iyunida Lion shahrida ildizi
qadimiy, vaqt o‘tib qashshoqlashib qolgan zodagonlar oilasida du-
nyoga keldi. Ekzyuperi 12 yoshga to‘lganda birinchi bor havoga
ko‘tarilgan: o‘sha paytdagi mashhur fransuz o‘quvchisi Vedren uni
Ambore shaharchasi yaqinidagi aerodromdan birga olib osmonga
uchadi. Parvoz ishqi mana shu lahzadan boshlab yosh Antuanning
hayotdagi asosiy, bir umrlik maqsadi bo‘lib qoldi.
Aviatsiya Sent-Ekzyuperi uchun birinchi navbatda dunyoni
o‘rganish, uni kashf etish, insondagi nodir fazilatlarni tarbiyalov-
chi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka, birodarlikka
yo‘l ochuvchi vosita edi. U o‘zini hech qachon professional yozuv-
chi, deb hisoblamagan edi. «Yozishdan avval yashash kerak» – bu
so‘zlar Sent-Ekzyuperining bir umrlik shioriga aylandi. U chetdan
turib kuzatishdan, voqelikdan uzoq mulohazalar chiqarishdan ko‘ra,
sodir bo‘layotgan voqealarning faol ishtirokchisi bo‘lishni ma’qul
ko‘radi. Ispaniyada grajdanlar urushi boshlanishi bilan «Pari suar»
gazetasining muxbiri sifatida bu mamlakatga junaydi.
Sent-Ekzyuperining ijodiy merosi «Janubiy pochtachi» (1928),
«Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuv-
chi» (1942) «Kichkina shahzoda» (1942) asarlari va tugallanmagan
«Qala» falsafiy romanidan iborat.
1930-yilda Buenos-Ayresda yozilgan «Tungi uchish» asari 1931-
yili Fransiyadagi Gollemar nashriyotida chop etildi va o‘sha yiliyoq,
«Femina» adabiy mukofoti bilan taqdirlandi. Adabiyotshunoslar
ushbu romanni, “ular yashayotgan jamiyatdagi xudbinlikka qarshi
yozilgan burchning go‘zalligi va ulug‘vorligi haqida hikoya qiluv-
chi asar”, – deb baholadilar. «Harbiy uchuvchi» asari esa o‘z shakli
bilan bir kunlik voqealar haqidagi reportajni eslatadi.
Yozuvchi nemislar qurshovida bo‘lgan Arras shahri tomon uchay-
otgan fransuz razvedkachi samolyotining parvozi haqida hikoya qila-
249
di. «Bashar sayyorasi»da ta’kidlangan insonlar birdamligi g‘oyasi
bu asarda yana ham kengayadi. Asar Ekzyuperining Ispaniya vo-
qealariga bag‘ishlab yozgan gazeta ocherklarini yodga soladi. «Har-
biy uchuvchi» da yozuvchi qarashlari, uy-fikrlari abstrakt xarakterda
bayon etilgani, uni Fransiyada nemis harbiy senzurasini chalg‘itib
bosilib chiqishida muhim rol uynaydi. Asar o‘quvchini asta sekin
chulg‘ab oluvchi tashvish va qayg‘u ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Shundan
bo‘lsa, kerak, adabiyotshunos M.Vaksmaxer «Harbiy uchuvchi»ni
insonlarni qo‘lga kiritilmagan baxtiga yozilgan elegiya deb ataydi.
Yozuvchi asarda inson ma’naviy hayotining oydin yullari va boshi
berk ko‘chalari haqida falsafa yurgizadi. XVIII asr ma’rifatchilik
falsafasi bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalari Ekzyuperi
uchun juda ham qadrli bo‘lib, bu ideallar toptalmoqda edi. Eng
achinarlisi inson unutildi, kamsitildi va tahqirlandi. Shuning uchun
yozuvchi insonlarni so‘zdan amaliy ishga o‘tishga undaydi. Yozu-
vchining fikricha buning faqat bitta yo‘li bor, u ham bo‘lsa – faoliyat
ko‘rsatish.
Sent-Ekzyuperi ijodidagi muhim asarlardan biri «Kichkina
shahzoda» falsafiy ertagi 1942-yilda yozuvchi Nyu-Yorkda yasha-
gan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiya bo‘yicha av-
valgilardan farq qiladi. Dunyoning yuzlab tillariga tarjima qilingan
ushbu asar fransuz yozuvchisining eng mashhur asari sifatida tan
olingan.
Sent-Ekzyuperi o‘z qahramoniga 5–6 yoshdagi bola ruhiyatiga
xos xususiyatlarni ato etgan. Asar davomida bolalik dunyosi kattalar
dunyosiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Kattalarning hayotni bezab tu-
ruvchi romantika va go‘zallikni his qilish kabi hislardan yiroq, ekan-
ligi bolani hayratga soladi. Shuning uchun ham kattalar shahzoda
chizgan filni tiriklay yutib yuborgan bo‘g‘ma ilon rasmini «shlyapa»
deb ataydilar. Bola esa o‘sha kattalar ko‘ra olmaydigan quticha ichi-
dagi qo‘zichoqni ko‘ra oladi. Umuman shahzoda hali kattalar qad-
ami yetmagani soflik sayyorasining sohibidir. Bosh qahramon ism-
siz – Kichkina shahzoda deb atalishi ham shundan.
250
Sent-Ekzyuperi asardagi Baobab obrazi orqali insoniyatga xavf
solayotgan fashizmni va inson ma’naviy barkamolligining asosiy
«kushanda»si hisoblangan loqaydlikni tasvirlagan: «– Bizda shun-
day bir qoida bor, – dedi Kichkina shahzoda keyinchalik men-
ga. – Ertalab uyqudan turib yuz-qo‘limni yuvgach, uyoq-buyoqni
yig‘ishtirgandan so‘ng darhol sayyorangni tozalashga kirishmog‘ing
lozim. Baobablarni har kuni, qanday qilmay yo‘q qilib turish kerak.
Ammo ularni gul ko‘chatidan ajrata bilish kerak: ikkkalasining ni-
holi bir-biriga judayam uxshaydi. Bu haddan tashqari zerikarli ish,
lekin sirayam qiyin emas».
Sent-Ekzyuperi ertak va rivoyatlarniig an’anaviy qahramonlarini
noan’anaviy va favqulodda holatlarda tasvirlaydi. Masalan, birinchi
sayyorada yashovchi qirolning boshqa qirollardan farqi shundaki,
u yolgiz (sayyorasidagi yagona kalamushni hisobga olmaganda)
yashaydi. Juda ham kichkina sayyorada umr kechiruvchi bu qirol
faqat «Oqilona farmoyishlar berish» bilan chegaralanadi. Yozuvchi
ertakda abstrakt romantik obrazlarni oddiy maishiy obrazlar bilan
qo‘shib yuboradi. Tulkining ovchi va tovuqlar haqidagi mulohaza-
lari fikrimizning dalili bo‘la oladi. «Kichkina shahzoda»da asotir
va marosimlarga borib taqaluvchi qadimiy sehrli ertak semantikasi
qayta jonlantirilgan: shahzoda sayyorama-sayyora kezib, bir qancha
sinovlardan o‘tganday bo‘ladi va oxir-oqibat yerda u haqda yangi
bilimlarga ega bo‘ladi.
Yerda bolaga birinchi to‘qnash kelgan jonzod – ilon. Bu jonzot
bolaga odamlar tomon yo‘l ko‘rsatadi va o‘z zahri bilan uni yana o‘z
sayyorasiga qaytishiga yordam berishini va’da qiladi. Ilon bolaga
insonlar haqidagi achchiq haqiqatni ochadi.
– «Odamlar qayoqda, odamlar? – deb tag‘in so‘radi nihoyat
Kichkina shahzoda». – sahroda, har qalay, o‘zingni yolgiz sezarkan-
san kishi... – Odamlar orasida ham o‘zingni yolg‘iz sezaverasan, –
deb qo‘ydi ilon.
Sent-Ekzyuperi ijodining asosiy fazilati – insondagi yorug‘ mehr
va iroda qudratiga bo‘lgan ishonch kitobxon ko‘nglini yoritadi. U
251
insonlarni doimo yagona maqsad yo‘lida – insoniylikni saqlab qol-
ish uchun birlashishga chaqirdi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar iro-
dali, fidoiy, ezgulik yo‘lida halok bo‘lishga tayyor insonlar. Uning
fikricha inson bo‘lish – bu mas’uliyatli bo‘lish deganidir. U butun
ijodi davomida ana shu g‘oyani ilgari surdi.
Dostları ilə paylaş: |