O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Malayziya adabiyoti. Yozuv kirib kelishdan oldin Malayziyada 
hind dostonlari ta’siridagi xalq og‘zaki ijodi rivoj topgan edi. XV 
–  XVI  asrlarda  Okeaniya  orollariga  islom  dinining  kelishi  bilan 
esa, bu yerlarda ham arab alifbosi asosidagi yozuv paydo bo‘ldi va 
51  
Мир без границ. – Ташкент:  Звезда Востока, 2013.  


290
vaziyat o‘zgardi. Taxt tepasiga kelgan har bir sulton xalq og‘zaki 
ijodiga yo‘g‘rilgan o‘z adabiy an’anasini yaratishga urindi. “Sul-
tonlar sulolasi” (“Sulalatus salatin”), “Rajit Pasay tarixi” (“Hikaya 
Rajit Pasay”) XV asrda yozilgan deb qaraladi. “Hang Tuah tarixi” 
(“Hikaya Hang Tuah”) deb nomlangan davrining mash‘hur asarida 
sultonga sadoqatli jangchi Hang Tuah hayoti va jasoratlari hikoya 
qilinadi. Qahramonliklari tufayli Hang Tuah ismini hozirgacha un-
utishmagan. Hatto zamonaviy yozuvchilar bu ismni o‘z asarlarida 
yodga olib turishadi.
Qator qissalar, jumladan, “Abdulloh qissasi” asari (1849) muallifi 
Munshiy Abdulloh (1796–1854) malay adabiyotining otasi sanaladi. 
XX asrda ro‘y bergan olamshumul o‘zgarishlar Malayziya adabiyoti 
janrlarini  yangilab  yubordi.  Nazm,  nasr,  dramaturgiya,  esse  kabi 
janrlarda ko‘p asarlar yozgan Usmon Avang zamonaviy malay ad-
abiyotining asoschisi, deb e’tirof etiladi. Anvar Ridvan, Rahimiddin 
Zohiriy, Abdussamad Said, Muhammad Hoji Solih kabi ijodkorlar 
hozirgi malay adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridir.
1971-yildan  e’tiboran  malay  tilida  yaratilayotgan  adabiyot  uch 
guruhga aratilib qaraladigan bo‘ldi: 1. Malayziya milliy adabiyoti. 
2. Mintaqaviy adabiyot (mamlakatdagi boshqa tillardagi adabiyot), 
3. Yasama adabiyot (yot tillardagi adabiyot).
XX asrda xitoy tilidagi adabiyotning mavqei ko‘tarilib, hindiy til-
dagisi birmuncha tushdi. Ingliz tili esa, Malayziyada umumiy adabiy 
til bo‘lib qoldi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin