23
ing o‘g‘li Ramning sevikli xotini Sitani devlar hukmdori Ravana
o‘g‘irlab olib kelib, unga uylanmoqchi bo‘ladi. Sita turli bahonalar
bilan to‘yni kechiktiradi. Bu vaqt oralig‘ida Ram va ukasi Lakshman,
jangchilari, shamol ma’budi hamda donishmand maymun Xonuman
yordamida devlar makoniga yetib keladi. Jangda Ramning qo‘li ban-
land keladi. Doston syujeti shulardangina iborat emas. Unda oilaviy
mojarolar tufayli davlatning zaiflashuvi masalasi, adolatli podshoh
va kuchli davlat munosabatlari oilaviy ziddiyatlar bilan birgalikda
ta’sirli aks ettirilgan. “Ramayana” va “Mahabhorat” dostonlarini
buyuk hind adibi Robindranat Tahur Homerning “Iliada” va “Odis-
seya” dostonlariga qiyoslaydi. Qadimgi hind eposlari jahondagi juda
ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Ramayana” dostonini yozuvchi va
tarjimon Muhammad Ali o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Dostları ilə paylaş: