Neruda (Naftali Rikardo Reyes) (1904–1973) Chili janubidagi
Parral shaharchasida temir yo‘l xizmatchisi oilasida tug‘ildi. U yo-
shligidanoq she’rlar mashq qila boshlagan va dastlabki she’rlarini
20-yillarning boshlarida nashr ettirgan. Chex shoiri Yan Neruda
she’riyatidan ruhlangan Rikardo Pablo Neruda taxallusi bilan ijod
qila boshlagan. Shoir o‘z ijodida G‘arb she’riyati an’analaridan
keng foydalandi va o‘ziga xos uslub yaratdi. Shoirning o‘zi
ta’kidlagandek, “Gongorasiza Ruben Dario, Rembosiz Appoliner,
Lamartinsiz Bodler bo‘lmaganidek, ularning barchasisiz Pablo Ner-
uda bo‘lmasligi mumkin edi”.
1934-yildan Madridda diplomatik xizmatda bo‘lgan P.Neruda is-
pan xalqining fashist general Franko qo‘shinlariga qarshi olib borgan
kurashining guvohi bo‘ldi. U respublika himoyachilariga katta xay-
rixohlik bilan qaraydi. Chili hukumatining buyrug‘i bilan 1937-yiln-
ing kuzida Ispaniyadan chiqib ketadi va “Qalbdagi Ispaniya”(1938)
she’riy turkumini yaratadi. Fashistlarga nafrat bilan to‘lgan bu asar
tez orada ko‘plab tillarga tarjima qilindi.
Shoir mazkur she’rlarida Ispaniyani qonga botirgan xoinlarni
g‘azab bilan la’natlash barobarida og‘ir avhvolga tushib qolgan Is-
paniya xalqi haqida qayg‘uradi, ozodlikni sevuvchi mehnatkashlarn-
ing kelajagiga ishonch bilan qaraydi (“Nafrat”, “Boylar aybi bilan
kambag‘allashgan Ispaniya”, “Haqoratlangan zamin” she’rlari).
Ikkinchi jahon urushi vaqtida P.Neruda “Stalingradga muhab-
bat qo‘shig‘i” (1942) va “Stalingradga yangi muhabbat qo‘shig‘i”
(1943) dostonlarini yaratdi. Bu dostonlar nemis fashist bosqinchi-
lariga qarshi qahramonona jang qilayotgan insonlarning madhiyasi
bo‘lib jaranglaydi.
322
Prezident Gonsalos Vidalaning xoinligini fosh etgan va politsiya
ta’qibi ostida bo‘lgan Pablo Nerudaning oddiy odamlarga bag‘ishlab
yozgan “Bashariyat qo‘shig‘i” (1950) epopeyasida Amerikaning eng
qadimgi davridan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixi aks etgan.
Epopeya 15 bobdan iborat bo‘lib, uning birinchi bobi (“yer nuri”)
da Amerikaning tabiati – o‘simliklar dunyosi, hayvonlari, qushlari,
yer osti va yer usti boyliklari hamda bu yerda istiqomat qiluvchi
qabilalar haqida hikoya qilinadi. “Istilochilar” deb atalgan uchinchi
bobda Markaziy va Janubiy Amerikani zabt etib, xalqlarini qirib
tashlagan va qul qilgan ispan fotihlari haqida gapiriladi. Epopeyan-
ing to‘rtinchi bobi – “Xaloskorlar”da chet el bosqinchilari zulmiga
qarshi otlangan mahalliy xalqlarning ozodlik urushi tasvirlangan.
Bunday kurashga Kuautemon (Meksika), Lautro (Chili), Tupok
Amaru (Peru) boshchilik qildilar.
Epopeyaning “Qochoq”(X), “Punitaka gullari” (XI), “Qo‘shiq
mavjlari” (XII), “Qayg‘uli vatanga yangi yil madhiyasi” (XIII),
“Buyuk ummon” (XIV) kabi so‘nggi boblarda shoirning turli mam-
lakatlardagi darbadar kezishlari, oddiy kishilar haqidagi taassurot-
lari aks etgan.
“Bashariyat qo‘shig‘i” epopeyasi “O‘zim haqimda”gi (XV) bob
bilan tugaydi. Bu qismdagi she’rlarda (“Uy”, “Yo‘ldagi do‘stlar”,
“Sayohatchi”, “Uzoq yerlarda”, “Urush”, “Sevgi”, “Meksika”, “Qa-
ytish”, “Hayot”, “Men kelajakman”) shoirning hayot mashaqqatlari
haqidagi qarashlar ifodalanadi.
Neruda hayotining so‘nggi 13 yili ijodiy kamolot yillari bo‘ldi,
deyish mumkin. Ushbu davr mobaynida shoir tomonidan yigirmaga
yaqin she’riy to‘plam yaratildi. 1967-yili XIX asr o‘rtalarida Ka-
liforniyada “oltin vasvasasi” davrida adolat uchun kurashgan, asli
chililik bo‘lgan adolatparvar qaroqchi haqida “Xoakin Muretan-
ing yulduzi va o‘limi” deb ataluvchi she’riy dramasi paydo bo‘ldi.
Shoirning “Chili qushlar” (1966), “Osmon toshlari” (1970), “Qishki
bog‘” (1973), “Dengiz va qo‘ng‘iroq” (1973), “Sariq yurak” singari
she’riy to‘plamlarida erkin she’r imkoniyatlaridan keng foydalanil-
gan.
|