Xulio Florensio Kortasar(1914–1984) Belgiyaning Bryussel
shahrida tavallud topgan argentinalik yozuvchi. Uning yoshlik yil-
lari Buenos-Ayres shahrida o‘tdi. Maktabni tamomlagach, Xulio
poytaxtdagi universitetning adabiyot va falsafa fakultetiga o‘qishga
kiradi, biroq mablag‘ yetishmaganligi sabab o‘qishgni tashlab, yetti
yil qishloq maktabida o‘qituvchilik qiladi. 1944-yili u Mendosa shah-
ridagi universitetda ishlay boshladi. 1951-yili adabiy yo‘nalishdagi
stipendiyani qo‘lga kiritib, Ovrupaga ketadi va uzoq yillar davomida
YuNeSKO tashkilotida tarjimonlik qilib, umrining oxirigacha Fran-
siyada yashadi.
Adabiy faoliyatini simvolist-shoir sifatida boshlab, 1938-yili ilk
“Hozirlik” she’riy to‘plamini chop ettirdi. Butun umri davomida
she’rlar yozgan bo‘lsa-da, ularni nashrga bermagan. Yozuvchining
birinchi “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyasi ustozi Borxes tomonidan
chiqariluvchi jurnalda 1946-yili chop ettirildi.
Kortasar ijodidagi alohida jihat shundaki, uning o‘zi tayyorlab
nashrga topshirgan hikoyalar har gal har xil holatda nashr ettiril-
gan. Ular har gal qayta ishlangan, boyitilgan, syujet qobig‘ida
turli munosabat qavatlari paydo bo‘la borgan. Bu esa uning
asarlari haqidagi adabiy qarashlarning, tarjimalarning uzluksiz
o‘zgarib borishiga olib keladi. Yillar davomida e’lon qilingan
“Imtihon” (1945-yili yozilgan, 1986-yili nashr qilingan), “Yu-
tuqlar” (1969), “Klassiklar o‘yini” (1963), “Yig‘ish uchun anda-
za” (1968) romanlari, “Bestiariy” (1951) va “O‘yinning tugashi”
(1956–1964) hikoyalar to‘plamlarida o‘qish va yaratish birdek
davom etadi. G‘oya ichida g‘oya, syujet ichida syujet, obraz
ichida obraz va ular yuzaga keltirayotgan matn ichida matnlar
o‘quvchi shuurini doimiy band qilib turadi, oxiri yo‘q voqealarn-
ing yakunini o‘zi yaratishga majbur qiladi. Qayta-qayta o‘qish,
har safar o‘qilganda turlicha tushunish, tushunishning o‘quvchi
dunyoqarashiga mos ravishda kengayib va torayib borishi asarni
o‘qishdagi asosiy jarayonga aylanadi. Bir qahramonni turli qi-
yofada ikkilantirish, uchlantirish va ularni harakatning umumiy
oqimida uchrashtirish kabi poetikaning yangi o‘yinlari rebusni
324
yechgandagi huzurni beradi, o‘quvchilarda yangi adabiy ehtiyo-
jni tug‘diradi va bu ehtiyojni uning o‘zi qondiradi.
“O‘yinning tugashi” hikoyasida ichki qiyofaning o‘yinda,
niqobda tashqi olamda namoyon bo‘lishi ifodalangan. Tashqi olam
kasalmand qizning asl holatini yoqtirmadi va u yashashning yangi
shaklida – o‘yin ichida, niqobda harakatni boshladi. Simvolika, tabi-
iy psixologizm, oddiy syujetning tig‘iz va murakkab qavatlari asarda
“sehrli” kuch yashirinib yotgandek tasavvur uyg‘otadi.
“Roman ochkolar bo‘yicha yutsa, hikoya nokautlar bilan g‘olib
keladi” – (R.Arlt) deb hisoblagan, Kortasar novella janrini yuqori
cho‘qqilarga olib chiqdi va “Xronoplar va famlar” (1962), “Hamma
olovlar – olovdir” (1966), “Bu yerda aylanib yurgan kimsa” (1977),
“Qandaydir Lukas” (1979), “Biz Glendani shunday sevamizki…”
(1980), “Vaqtdan tashqarida” (1982) novellalar to‘plamlarini chop
ettirdi.
1967-yili XX asr ikkinchi yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagina
emas, balki jahon adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri paydo
bo‘ldi. Ana shu mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romanining mual-
lifi kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes(1928–2014) edi.
Gabriel Markes 1928-yili Kolumbiyaning Arakataka shaharcha-
sida tug‘ildi. Uning bobosi iste’fodagi polkovnik Nikolos bola hayo-
tida o‘chmas iz qoldirdi. Bobosi va buvisi ertaklari og‘ushida katta
bo‘lgan Gabriel keyinchalik ular haqida quyidagicha xotirlaydi: “Bo-
bom va buvim jinlar bilan to‘lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularn-
ing har ikkisi ham irimchi bo‘lib, g‘aroyib tasavvurga ega bo‘lganlar”.
Markesning bolalik kezlari uning ongiga singib ketgan shu va
shunga o‘xshash xotiralar, keyinchalik, uning ijodidagi realistik tas-
vir bilan fantastik unsurlarni birikib ketish tamoyilini belgilab berdi.
1948-yilda Bogotada bo‘lib o‘tgan qonli voqealar Garsiya
Markes huquqshunoslik fakultetida ta’lim oluvchi universitetning
yopilishiga sabab bo‘ldi. U Kartaxenda o‘qishni davom ettirmoqchi
bo‘ladi. Biroq, jurnalistikaga bo‘lgan qiziqish o‘qishni tugallashga
imkon bermadi.
325
Uning dastavval provinsiyada, keyinchalik poytaxtda, so‘ngra
esa Rim, Parij va Karakasda muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatishi,
Markesning keyingi badiiy ijodiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Muallifning
o‘zi keyinchalik tan olishicha, uning 1947–1948-yillarda vaqtli mat-
buotda e’lon qilingan dastlabki hikoyalari, Kafka asarlari ta’sirida
yaratilgan.
Keyinchalik uning “Polkovnikka Hech kim yozmaydi” (1958),
“Katta onaning o‘limi”(1962) singari asarlari nashr yuzini ko‘rdi.
Ular Markesning 1972-yili Romulo Galegos mukofotiga sazovor
bo‘lgan eng mashhur asari “Yolg‘izlikning yuz yili”ning yaratili-
shi uchun muhim bosqich vazifasini o‘tadi. Ushbu roman XX as-
rgacha bo‘lgan adabiy merosning ko‘plab usullari, G‘arbu Sharq
an’analarini o‘zida mujassam etgan. Asar yolg‘izlik – zavolga gir-
iftor bo‘lgan bir oilaning fojiali taqdiri orqali insoniyat tarixining
yuz yilida sodir bo‘lgan manzaralarni aks ettiradi.
Xose Arkadio Buendia va uning umr yo‘ldoshi Ursula Iguaran asos
solgan Makondo shaharchasi nafaqat bu yerda sodir bo‘ladigan vo-
qealarning foni, balki Ikkinchi jahon urushidan keyingi Lotin Ameri-
kasi tarixining umumlashgan va tipik tasviridir. “Yolg‘izlikning yuz
yili”da sehrli ertak, afsona, naql unsurlari ob’ektiv tarixiy hikoya
bilan shu qadar uyg‘unlashib ketganki, ba’zan real voqeani fantas-
tik hodisadan ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi, umuman, ularni
ajratishning keragi ham yo‘q, go‘yo. Ushbu unsurlar asarda teng
holda bo‘lib, Rablega xos giperbola realistik lavhalar bilan birikib
ketgan. Romanda yolg‘izlik kishining ma’naviy jihatdan qash-
shoqlashuvi, atrof olamdan uzilib qolishigina emas, odamning
o‘ziga-o‘zi begonalashuvi sifatida ham talqin qilinadi. Asar azaliy
an’analar, ona-bolalik, qarindosh-urug‘chilik, og‘a-inilik munosa-
batlari hamda muqaddas diniy aqidalarning yemirilishi oqibatida
paydo bo‘luvchi ommaviy loqaydlik va yolg‘izlik nazarda tutilgan.
“Yolg‘izlikning yuz yili”dan so‘ng Markes bolalar uchun bir qa-
ncha hikoyalar to‘plami hamda “Mening baxtli va taniqli bo‘lmagan
davrim haqida” deb ataluvchi avtobiografik reportajlar turkumini
nashrdan chiqardi. 1975-yilda yozuvchining ko‘pdan buyon amalga
326
oshirishni istagan rejasi “Patriarxning kuzi” romani orqali ro‘yobga
chiqdi. Lotin Amerikasi xalqlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzu –
diktatorlar mavzusidagi ushbu asarda yozuvchining uslub borasida-
gi izlanishlari ko‘zga tashlanadi. Asarning tili “Yolg‘izlikning yuz
yili”ga nisbatan ancha murakkabdir.
Romanning qisqacha mazmuni quyidagicha: Diktator Nikonor
Alvarado shu qadar cheksiz hokimiyatga ega bo‘lganki, uning uc-
hun endi boshqarishning keragi ham yo‘q. U ta’rifsiz qudratga ega
ekanligidan kar bo‘lib qolgan. Uning sayroqi qushlar saqlanuvchi
qafaslar to‘la saroyida sigirlar ham bemalol yuraveradi. Diktator 16
yoshli go‘zal qizga oshiq bo‘lib qoladi. Ushbu muhabbat uni shu
qadar umidsizlikka tushiradiki, natijada, bir tunning o‘zida uch min-
gta siyosiy mahbusni qatl ettirishni buyuradi. Asar voqealari hikoya
qilinayotgan paytda diktator 123 yoshga to‘lgan edi. U necha yildan
buyon hokimiyat tepasida ekanligini ham eslay olmaydi. Eshitish
qobiliyatini yo‘q bo‘lganligini ham sezmaydi, uning uchun kanar-
eykalar sayramay qo‘ygandek tuyuladi. U butunlay eshitish qobili-
yatidan mahrum bo‘lganda hayotidagi ulug‘ orzusi ro‘yobga chiqa-
di: dengizdan 500 chaqirim uzoqda yashashiga qaramay, kecha-yu
kunduz dengiz shovqinini eshita boshlaydi. Diktator bir necha ma-
rotaba qayta tirilishlardan so‘ng 200 yosh atrofida vafot etadi. U yo-
shligida Xristofor Kolumb bilan suhbatlashgan bo‘lsa, keksayganda
AQSh elchilari bilan muloqotda bo‘ladi; tushlik paytida favoritlar-
idan birini yeb qo‘yadi. Muqaddam muttaham va fohisha bo‘lgan
onasining xotirasini abadiylashtirmoqchi, ya’ni avliyolar qatoriga
qo‘shmoqchi bo‘ladi.
Markesning 1981-yilda yozilgan “Oshkora qotillik qissasi” qisqa,
aniq va deyarli bayonnoma ruhidagi nasrning namunasi sanaladi.
Qissa syujeti asosida Kolumbiyaning Sukre shaharchasida haqiqa-
tda bo‘lib o‘tgan voqea yotsa-da, unda sodir etilgan qotillikka nis-
batan shaharcha ahlining munosabatida insoniyatning bir-biriga nis-
batan loqaydligi, e’tiborsizligi ularni katta falokatlarga giriftor etishi
mumkinligi haqidagi g‘oya ifodalangan.
Umuman, Gabriel Garsia Markes ijodi XX-XXI asr jahon adabi-
327
yotining yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, u adabiy jarayonga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk yozuvchi 2014-yilning 17-aprelida
88 yoshda Mexikoda vafot etdi.
Zamonaviy Lotin amerikasi adabiyotining taniqli ijodkorlaridan
biri braziliyalik yozuvchi va shoir Paolo Koeo (1947-yili tug‘ilgan)
sanaladi. U poytaxt Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan. Jami yigir-
madan ortiq kitoblar – romanlar, antologiyalar, hikoyalar to‘plamlari
muallifi. “Alkimyogar” romani uzoq vaqt eng ko‘p o‘qiladigan kito-
blar o‘nligida bo‘ldi. Dunyo tillarida chop etilgan asarlarining adadi
300 milliondan oshib ketgan.
Bo‘lajak yozuvchi yetti yoshida Avliyo Ignatiy Loyola iezuit
maktabiga o‘qishga yuborildi, bu yerda u ilk marta hikoyalar yozish-
ni boshladi. Maktabni tugatgach, Rio-de-Janeyro universitetining
huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, lekin tez orada o‘qishni
tashlab, jurnalistika bilan shug‘ullana boshladi.
1970-yili Meksika, Peru, Boliviya, Chili, Ovrupa mamlakatlari
va Shimoliy Afrikaga sayohat qildi.
P.Koeloning nomini butun dunyoga mashhur qilgan, 1990-yilda
nashr etilgan “Alkimyogar” romani hozirgacha dunyoning 120 dan
ziyod mamlakatida chop etildi (jumladan, o‘zbek tilida asarning
uchta tarjimasi mavjud). Romanda insonning umri mobaynida amal-
ga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri yo‘lidan borib,
ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun nima zarur degan
falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy masalalar haqida fikr yuritila-
di. Bosh qahramoni 16–17 yoshlardagi cho‘pon yigit bo‘lgan ushbu
asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va didaktika an’analari
uyg‘unlashib ketgan.
Hozirda P.Koelo Braziliyaning Rio-de-Janeyro va Fransiyaning
Tarbe shahrida istiqomat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |