Shumer miflari. Olimlarshumerlardan qolgan merosni uchga
bo‘lishadi: miflar, dostonlar va madh-maqtovlar. Shumerlar “Oy
ma’budining tug‘ilishi”, “Cho‘kichning yaratilishi”, “Enki va du-
nyoning tartibi”, “Enki va Ninxursag yoki jannat haqida shumer
afsonasi”, “Enki va Ninmax yoki odamning yaratilishi”, “Enki va
Eredu”, “Inanna va Enki”, “Dumuzi va Inannaning nikohi”, “Bil-
gamish va Endiku”, “Endiku Bilgamishning xizmatkori va do‘sti”,
“Boqiy hayot qidirgan Bilgamish” kabi qator mif-afsonalar yarat-
ishgan. “Bilgamish” dostoni markazida turgan qahramon garchi
hayotiy asosga ega bo‘lsa-da, dostonning ko‘plab syujet chiziqlari,
unda ishtirok etayotgan ilohlar, qahramonlar turli afsonalar mahsuli
hisoblanadi.
Misr miflari. “Yerning paydo bo‘lishi”. Ko‘plab xalqlar miflari-
da azalda hamma joyda suv bor bo‘lgan deyiladi. Ularga ko‘ra maz-
kur dunyoviy ummondan yer paydo bo‘lgan. Misrga oid mif talqini-
cha, Nun (xaos) quyosh ma’budi Rani paydo qildi (Bu hozirgi ilmiy
qarashlarga ham to‘g‘ri keladi). Ra havo (Shu ma’budi) va namlik
(Tefnut) ni yaratdi. Havo va namlik yer (Gora ma’budi) va osmon
31
(Nut ma’budasi) ni yaratdi. Demak, misrliklarning “Yerning paydo
bo‘lishi” mifi bo‘yicha yer ana shu tarzda paydo bo‘lgan ekan.