O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Pandora haqidagi mif. Zamonaviy dunyoda urushlarn-
ing  ko‘payib  ketganini  Pandora  qutisining  ochilib  ketishi  bi-
lan  bog‘lashlar  ham  bor.  U  qanday  quti  edi?  Pandora  kim?  Pan-
dora  –  Prometey  ma’budlardan  olovni  o‘g‘irlagani  uchun  in-
sonlarni, xususan, erkaklarni jazolash maqsadida yaratilgan ilk 
ayol.  Demak,  mifga  ko‘ra,  Pandoragacha  ayol  zoti  bo‘lmagan. 
Pandora Prometeyning ukasiga xotin bo‘ladi. Prometey ukasi Epim-
eteyning uyida hamma narsa muhayyo bo‘lib, burchakda bir quti 
ham bo‘ladi. Pandoraga shu birgina qutiga tegma, qolgan hamma 
narsa seniki, deya buyuriladi. (E’tibor bering, ushbu mif Odam Ato 
va Momo Havoning yerga tushish sababini yodga soladi!) Ammo 
ayolni o‘sha quti o‘ziga tortaveradi. Yursa-tursa, o‘sha qutini 
o‘ylaydi. Qiziqish o‘zining haddi a’losiga yetadi. Nihoyat, u o‘sha 
qutini ochib yuboradi. Natijada qutiga qamab qo‘yilgan yovuz ruh-
lar tashqariga otilib chiqadi. Pandora shoshib qutini yopadi, qutining 
tubida zaifgina umid qolib ketadi. Shundan beri dunyoda urushlar
musibatlar, kulfatlar arimas ekan. Lekin umid bor, u qutining ichi-
da turibdi. Mifning mohiyatiga chuqurroq kirsak, har bir insonning 
botinida ana shunday Pandora qutisi borligi, uning ochilib ketmaslik 
tadorigini ko‘rib yashash esa har bir kishining o‘z qo‘lida ekanligi 
ayonlashadi.


36

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin