48
davomida shakllangan va m.o.VI asrda yozib olingan Homerning
“Iliada” va “Odisseya” dostonlari to‘laligacha yetib kelgan yagona
namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya urushi va undan
keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar
va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar
epos – insonni o‘rab
turgan olam va undagi voqealar haqida hikoya qilsa,
lirika shaxs-
ning ichki dunyosini hamda shoir va
lirik qahramonning kechin-
malarini ochib beradi. “Lirika” atamasi torli cholg‘u asbobi lira
nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan she’r”
degan ma’noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin – m.av. III-
II asrlarda Aleksandriya olimlari tomonidan iste’molga kiritilgan.
Unga qadar “Melika”
(melos-qo‘shiq) atamasi torli cholg‘u, birinchi
navbatda 7 torli lira jo‘rligida ijro etiladigan qo‘shiqlarni ifoda et-
gan. Qadimgi yunon she’riyatida lirikaning ikki asosiy turi shakllan-
gan bo‘lib, bular yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi –
mono-
dik lirika va ko‘pchilik tomonidan kuylanuvchi
xor lirikasi. Shoir
Pindarning asarlari
xor lirikasining ilk namunalari bo‘lsa,
monodik
lirikani Sapfo va Anakreont she’rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar
lirik she’riyatni qo‘shiq, musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq
ravishda
tasavvur qilganlar. Asta-sekin lirikaning
yamb va
elegiya deb atal-
gan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga aylanib bordi.
Qadimgi yunon she’riyatida qofiya bo‘lmagan. Lirik asarlar
ohangdorligini ta’minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu bois
poeziyada vazn turlari takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari
shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn turlari jahon she’riyatidan abadiy
o‘rin egallagan.
Miloddan oldingi VII-VI asrlar she’riyatida shaxsning fikr va
o‘ylarini diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi.
M.o. VI asrda Ioniyada bayoniy uslubdagi proza dunyoga keldi. Tar-
ixiy va oddiy kishilar obrazlari aks etgan novellalar va Ezop nomi
bilan bog‘liq masallar yaratildi. Afina madaniyatining rivojlangan
davri m.o. V-IV asrlarga to‘g‘ri kelib, dramatik janrlar, ayniqsa,
tragediya rivojlandi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrin-
49
ing yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida
ijtimoiy va axloqiy masa-
lalarni qalamga olgan bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi.
Komediya an’anaviy shakllarni saqlagani holda, yangi ijtimoiy-sat-
irik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu davrda Aristofan asarlari
yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir
satira sifatida maydonga
chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma
hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Miloddan oldingi II asrda Rim istilosi
natijasida Yunoniston madaniy hayoti tushkunlikka yuz tutib, faqa-
tgina milodning birinchi asriga kelib, jonlanish paydo bo‘ldi va IV
asrda qadimgi yunon adabiyoti inqirozga uchradi.
Dostları ilə paylaş: