61
hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy
marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu tomoshalar yiliga
uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan. Yunonlar
bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy
bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar sin-
gari, teatr tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragedi-
yanavis shoirlar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1
ta satirlar dramasini hakamlar hay’atiga taqdim etganlar. Komediya-
nivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan.
Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzu-
lari ham asosan mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki
davrlardan bu mavzular Dionis haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq
bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa ma’budlar va qahra-
monlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar. Biroq,
shu bilan birga, tragediya mualliflari mavzu tanlaganlarida ham,
faqat zamona talablariga hamohang miflarni olib, ularni birmuncha
o‘zgartirib, moslashtirib, shular misolida o‘z davrlarining muhim
masalalarini hal etishga intilganlar, mifologik qahramonlarning
kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari o‘sha davr to-
moshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning
andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy qahramonlarning
qilmishlari timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini
yuksak ma’naviylik, vatanga sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tar-
biyalashni ko‘zlaganlar.
Dostları ilə paylaş: