76
Osiyo va boshqa viloyatlarda dahshatli qullar qo‘zg‘olonining
ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Spartak rahbarligida boshlanib, so‘ngra
Italiya tuprog‘ining hamma yerlariga yoyilgan va to‘rt yil (74–71)
davomida butun Rim davlatini zilzilaga keltirgan qullar isyoni bu
qo‘zg‘olonlarning eng yirigi edi.
60 yilda davrning yirik sarkardalari Pompey, Yuliy Sezar hamda
Krass o‘rtalarida birinchi uchlik ittifoqi-triumvirat tuziladi. Ora-
dan ko‘p vaqt o‘tmay, yakka hukmronlikka intilgan Pompey bilan
Sezar o‘rtalarida yangi grajdan urushi boshlanib, raqibi ustidan
g‘alaba qozongan Sezar ulug‘ davlatning yagona hokimi darajasiga
ko‘tariladi. Biroq Sezarning tantanasi faqatgina besh yil (49–44)
davom etadi. Respublikachilar til biriktirib, uni o‘ldiradailar.
Sezarning eng yaqin sarkardasi Antoniy bilan asrandi o‘g‘li Ok-
tavian o‘rtalarida uning o‘rnini egallash uchun keskin kurash bosh-
lanadi. Qariyb o‘n yil davom etgan yangi grajdan urushi, nihoyat,
eramizdan oldingi 31 yilda Oktavianning g‘alabasi bilan tugaydi.
Rimda respublika tuzumining yemirilishiga va imperatorlik idora
usulining barpo etilishiga sabab bo‘lgan yuz yillik ijtimoiy kurash-
ning muhim voqealari shulardan iborat. Keskin sinfiy kurashlar fal-
safada, adabiyotda va, nihoyat, notiqlik san’atida o‘zining yorqin
ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: