O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

G‘arbiy Ovrupa qahramonlik eposi
 Eposning dastlabki namunalari zamonaviy Britaniya hududida 
yashagan kelt qabilalari tomonidan yaratilganV asr boshlarida kelt 
(irland) qabilalari Rim imperiyasining zaiflashganidan foydalanib, 
mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti 
haqidagi xalq she’riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi. Ep-
oslarni kuylovchilar 2 guruhga – lirik she’riyatni kuylovchi bardlar 
va epik she’riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Filidlar 
o‘z qissalarini nasrda bayon qilganlar, keyinroq ular “saga”(qissa) 
nomini olgan. Sagalarning ta’sir kuchini yanada oshirish uchun fi-
lidlar she’riy parchalar kiritganlar. 
Kelt  eposining  qahramonlik  qissalari  ulad  qiroli  Konxobar  va 
uning  jiyani  Kuxulinning  sarguzashtlariga  bag‘ishlangan.  Bizga-
cha ushbu qissalarning bir nechtasi yetib kelgan bo‘lib, “Usnex 
o‘g‘illarining quvilishi”, “Mak-Dato cho‘chqasi haqida qissa”, 
“Kualngendan buqa o‘g‘irlash”, “Kuxulinning Ferdiad bilan jangi”, 
“Kuxulinning xastaligi”, “Kuxulinning o‘limi” shular jumlasidan.
Qahramonlik eposi bilan bir qatorda maishiy, sarguzasht, fantas-
tik mavzularda ham qissalar yaratildi: “Beyli haqida qissa”, “Eta-
ynga muhabbat”, “Febelning o‘g‘li Branning suzishi”.
Qadimgi  kelt(irland)  eposi  G‘arb  adabiyotiga  sezilarli  ta’sir 
ko‘rsatdi, undagi syujet, obrazlardan keyingi davr adiblari unumli 
foydalandilar. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin