O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

“Roland haqida qo‘shiq” dostoni  XI-XIV  asrlarda  Fransiyada 
paydo  bo‘lgan  ko‘plab  dostonlar  orasida  eng  mashhuri  sanaladi. 
Mualliflarining nomi saqlanib qolmagan bu dostonlarni truver
15
lar 
yozishgan, ularni joglerlar arfa yoki viola musiqa asboblari jo‘rligida 
ijro qilishgan. Aksariyat dostonlar qirol Buyuk Karl va uning saf-
doshlari amalga oshirgan “ulug‘” ishlarga bag‘ishlangan.
“Roland haqida qo‘shiq” da ham Karl va uning sodiq ritsari 
Roland  madh  qilinadi.  Doston  1100-yillarda  yaratilgan  bo‘lib, 
unda  Karlning  Ispaniyaga  qilgan  yurishi  haqida  hikoya  qilinadi. 
Bu voqealar aks ettirilgan XVIII asr solnomasi matnida qirol Karl 
armiyasining ar’ergardi
16
.  Pireney  tog‘larida  tor-mor  qilinganligi, 
halok  bo‘lganlar  orasida  Breton  chegara  qo‘shinlarining  boshlig‘i 
Xroulend bo‘lganligi haqida xabar beriladi. Bu tarixiy voqea dos-
tonning markaziy mavzusiga aylanadi. Biroq asarda ko‘p narsalar 
o‘zgartirilgan: yosh qirol Karlning 778-yillarda bo‘lib o‘tgan yurishi 
yetti yilgi urush sifatida, uning o‘zi esa yoshi ulug‘ mo‘ysafid qilib 
tasvirlanadi, ar’ergardga hujum qilgan basklar o‘rnini saratsin
17
lar 
egallagan. 
15
 Truver(fr. trouvere) – ixtiro qilmoq, topmoq.
16
 
Ar’ergard –qo‘shinning chekinishini pana qiluvchi guruh.
17
 Truver(fr. trouvere) – ixtiro qilmoq, topmoq.


96
Dostonda franklarning Ispaniyaga yurishi bilan bog‘liq ko‘plab 
voqealar  keltirilgan:  saratsinlar  bilan  olib  borilgan  muzokaralar, 
Ganelonning xiyonati, Rolandning kam sonli qo‘shini bilan saratsin-
larning son jihatidan yigirma barobar ko‘p qo‘shiniga qarshi Ron-
seval darasida olib borgan jangi. Ronseval darasidagi jang asarning 
kulminatsiyasi bo‘lib, aynan shu epizodda Rolandning jasorati, so-
diq do‘sti Oliverning aql-zakovati, ularning vatan manfaatlari uchun 
fidokorligi namoyon bo‘ladi. Oliver o‘q tegib o‘ldi, o‘n ikkita jasur 
per
18
lar halok bo‘ldi, yaralangan arxiyepiskop Turpin yiqildi. Og‘ir 
yaralangan Roland jang maydonida yolg‘iz qoladi va o‘z qilichi Dy-
urendal, burg‘usi Olifant bilan vidolashadi.
Doston  291  she’r  bandi(bu  bandlar  tirada  deyiladi)dan  iborat 
bo‘lib, ular yagona vazn bilan birlashtirilgan. Aksariyat bandlar ox-
irida o‘ziga xos naqorat bo‘lgan “Aoy” xitobi yangraydi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin