O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti


Fransua Viyon (1431–1463-y. keyin)  ijodi



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Fransua Viyon (1431–1463-y. keyin)  ijodi 
  Fransua  Viyon  ijodi  o‘rta  asrlar  fransuz  she’riyatini  yuksak 
cho‘qqilarga ko‘targan va istiqboldagi muvaffaqiyatlarining darak-
chisi  bo‘lgan  deyish  mumkin. Viyonning  hayoti  va  ijodi  o‘rta  asr 
dunyoqarashi inqirozining tipik namunasi hisoblanadi. Kambag‘al 


101
oilaning  farzandi  bo‘lgan  Fransua  de  Monkorbe  uni  tarbiyalagan 
uzoq qarindoshi, Parij kapellani
19
 Gilom Viyonning familiyasini qa-
bul qiladi. 1453-yili o‘qishni tugatib magistr darajasini oladi. 1455-
yili ruhoniylardan biri bilan janjallashib qolib, uni xanjar bilan urib 
o‘ldiradi. Xibsga olingan Fransua o‘zini himoya qilganligini isbot-
lay olgani uchun ozodlikka chiqariladi. Bir yildan keyin bir necha 
sheriklari bilan katta o‘g‘irlik sodir etgach, Parijdan qochadi. Parij-
dan ketar ekan, u hazilomuz “Kichik vasiyat” poemasini yozadi va 
hamtovoqlariga o‘zining mayda-chuyda buyumlari va sud jarayo-
nini vasiyat qilib qoldiradi. 
Shu paytdan boshlab Viyonning 6 yil davom etgan darbadarlik 
hayoti boshlanadi. U 1457-yilda shahzoda Karl Orleanskiy tomoni-
dan uyushtirilgan shoirlar ko‘rigida ishtirok etadi. Shundan keyin 
shoir kokilyarlar
20
 guruhiga qo‘shiladi, o‘g‘rilar jargonini o‘rganadi, 
hatto bu tilda balladalar ham yozadi. 1461-yili noma’lum sabablarga 
ko‘ra Myon-syur-Laur shahri qamoqxonasiga tushadi.
1462-yili Viyon Parijga qaytadi va o‘zining “Katta vasiyat” dos-
tonini yozadi, shu yilning noyabr oyida yana qamoqxonaga tushadi, 
dekabr oyida Papa mahkamasining kotibiga suiqasdda ayblanib o‘lim 
jazosiga maxkum etiladi. Aynan shu kunlarda u mashhur “Osilganlar 
haqida  ballada”sini  yozadi.  1463-yilning  5-yanvarida  o‘lim  jazosi 
bekor qilinib 10 yilga Parijdan badarg‘a qilinadi. Viyonning shun-
dan keyingi hayoti haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
Viyonning eng asosiy adabiy merosi darbadarlikda yozilgan bir 
nechta she’rlarini ham o‘z ichiga olgan “Katta vasiyat” dostoni hi-
soblanadi. Asarda  shoir  turli  buyumlar  bilan  birgalikda  bir  necha 
insonlarga o‘z she’rlarini ham vasiyat qiladi. Shu tarzda asar Viyon-
ning haqiqiy “poetik vasiyati”ga aylanadi.
Shoirning ijodi Masho maktabi an’analari bilan bog‘liq bo‘lsa 
ham, undagi obrazlar tizimi, mavzu ko‘lami, xis-tuyg‘ularning xara-
kteri, ya’ni uslubi va dunyoqarashi tubdan farq qiladi. Hayotning 
19
 Katoliklarda xonaki cherkov ruhoniysi
20
 Tilanchilik, bosqinchilik bilan shug‘ullangan yersiz qolgan dehqonlar, 
qochoq askarlar


102
o‘tkinchiligi, foniylik, har qanday go‘zallikning nobud bo‘lishi 
g‘oyasi shoir she’riyatining asosini tashkil qilgan. 
Bir qarashda Viyon poeziyasi o‘rta asrlar uchun an’anaviy bo‘lib 
tuyulishi mumkin, u balladalar, rondo(she’rning ayrim misralari 
ma’lum  tartibda  takrorlanadigan  turi),  qo‘shiqlar  yozdi,  mavzu, 
ohang, badiiy usullarini meros qilib oldi. Biroq ularga ko‘r-ko‘rona 
ergashmadi, balki ularni kengaytirib, mavzu ko‘lamini chuqurlashtir-
di,  falsafiy  ruh  bag‘ishladi  .  Shuning  sababidan  Viyon  she’riyati, 
o‘tmishdoshlari bilan qiyoslaganda, haqiqiy poetik inqilob bo‘ldi. 
1456-yili shoirning yumor, kinoya, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan 
“Le”(yoki “Kichik vasiyatnoma”) dostoni yaratildi.
Viyonning  asosiy  asari  –  “Vasiyatnoma”,  keyinchalik  shoirn-
ing hayotlik paytidayoq uni “Katta vasiyatnoma”(1461-y.) deb atay 
boshlaganlar:  doston  186  she’riy  band,  16  ta  ballada,  3  rondodan 
iborat. 
Viyon ijodining ta’siri XVI asrdan boshlab fransuz adabiyotida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Rable, Lafonten, Molyer, T.Gote va Gyu-
golar uning ijodi ta’sirida bo‘lgan bo‘lsalar, Bualo hamda Volter un-
ing ijodiga yuqori baho berganlar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin