113
Xarakteriga ko‘ra novellalar turlicha bo‘lib, “Dekameron”da sar-
guzasht novellalar (Landolfo Rufalo haqida – ikkinchi kun, to‘rtinchi
novella), novella-latifalar (Cheska haqida – oltinchi kun, sakkizinchi
novella), psixologik novellalar (Federigo delya Alberiga – beshinchi
kun, to‘qqizinchi novella)ni uchratish mumkin.
Keyingi davrlarda Bokachcho novellalari syujetlariga ko‘plab
yozuvchilar, jumladan, Shekspir, Molyer, ispan dramaturgi Lope de
Vegalar murojaat qildilar. Rus kompozitori D.Bortnyanskiy Federi-
go haqidagi syujet asosida “Lochin” operasini yaratdi.
Dostları ilə paylaş: