O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Angliyada Uyg‘onish adabiyoti
Angliyada  gumanistik  madaniyat  yaratish  uchun  kurash  XV 
asrda boshlangan bo‘lsa-da, Oq va Qizil gul feodal urushlari uning 
taraqqiyotini deyarli bir asr orqaga surdi. Gumanistik g‘oyalarning 
markazi avval Oksford, keyin Kembrij universitetlarida edi. Tyudor-
lar sulolasidan bo‘lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutlaq 
hokimyat kuchaydi. Mamlakatni qirolicha Yelizaveta (1558–1603) 


119
boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan rivojlan-
gan. 1588-yili ispanlarning Buyuk Armadasini tor-mor qilgan Angli-
ya uchun dengiz yo‘llarining barchasi osonlik bilan ochila boshladi. 
Ilk ingliz Uyg‘onish davrining namoyandasi Tomas Mor (1478–
1535) edi. Uning eng mashhur kitobi “Yangi Utopiya oroli haqida” 
(1516-y.) asaridir. “Utopiyada” yozuvchi o‘z davridagi jamiyat haq-
ida tanqidiy fikrlar bildirgan. 
T.Mordan  keyin  utopiya  mavzusida  bir  qator  asarlar 
yaratildi.T.Kamponellaning “Quyosh shahri”, F.Bekonning “Yangi 
Atlantida”,  Garingtonning  “Okean”,  E.Kabening  “Ikariyaga  sayo-
hat” asarlari shular jumlasidandir. 
Genri  Govard  Sarri  ,asosan,  sonet  janrida  ijod  qildi.  Petrarka 
sonetlaridagi  Laura  syujetlarining  qahramoni  Jeraldining  o‘ziga 
xos proobrazi bo‘lib xizmat qildi. Genri Sarri ingliz adabiyotiga oq 
she’rni olib kirdi, “Eneida”ni ingliz tiliga tarjima qildi. Keyinchalik 
K.Marlo va U.Shekspir ham o‘z tragediyalarida oq she’rdan foyda-
landilar. XVI asrda Angliyada dramaturgiya gullab yashnadi. Ingliz 
teatri xalq manfaatlarini ifoda qilganligi sababli, xalq orasida katta 
shuhrat qozondi. Asr oxiriga kelib Angliyada 20 dan ortiq teatr ma-
vjud edi. Bu davrda Kristofer Marlo tragediya janrida samarali ijod 
qildi. 
Uyg‘onish  davrida Angliyada  dunyoviy  mazmundagi  realistik, 
milliy xarakterdagi boy adabiyot yaratiladi. Bu davrda antik avtor-
larning turli asarlari bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan va ne-
mis tillaridagi qator asarlar ingliz tiliga tarjima qilinadi. 
Kristofer  Marlo  (1564–1593)  kenterberilik  etikdo‘zning  o‘g‘li 
bo‘lib, Kembrij universitetida ta’lim olgan, lotin, grek tillari, adabiy-
oti va turli fanlarni astoydil o‘rgangan tom ma’nodagi gumanist edi. 
U 1587-yili Londonga keladi va faoliyatini dramalar yaratish bilan 
boshlaydi. Shu yiliyoq “Sohibqiron Temur” tragediyasini yaratadi, 
pyesaning muvaffaqiyati nihoyatda katta bo‘lganidan ikkinchi qis-
mini ham yozadi. Birin-ketin dramaturg “Doktor Faustning fojiali 
tarixi», “Maltalik yahudiy”, “Eduard II”, “Parij qirg‘ini” va “Karf-


120
agen qirolichasi Didona” tragediyalarini yaratib, ingliz dramatik 
san’atida burilish yasaydi. Katta talant egasi bo‘lgan Marlo Yeliza-
veta tuzumi uchun xavfli edi. 1593-yili u maxfiy politsiya agentlari 
tomonidan o‘ldiriladi. Ingliz Uyg‘onish davri tragediyasining asos-
chisi Marlo ijodi erksevarlik va demokratiya ruhi bilan sug‘orilgan 
edi. Uning “Sohibqiron Temur” asari Amir Temur haqidagi birinchi 
badiiy asar hisoblanadi. Umuman, ingliz dramasi, shu jumladan, 
Shekspir  ham  Marlodan  ko‘p  narsani  o‘rgandi.  Lir,  Makbet,  Ko-
riolan,  afinalik Timon  obrazlarining  prototiplari  Marlo  qahramon-
laridir.  Undan  tashqari,  pyesa  kompozitsiyasini  tuzish,  voqealarni 
taqsimlash, tragediyalarda oq she’rni qo‘llash kabi badiiy usullarni 
italyan adabiyotidan o‘rganib, ingliz dramasida birinchi qo‘llagan va 
shu yo‘l bilan dramatik poeziyaning ta’sirchanligini oshirgan Marlo 
Shekspirgacha bo‘lgan dramaturgiyaning yirik vakilidir. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin