tist Molyer (1622–1673). Parijda savdogar oilasida tug‘ildi. O‘z
familiyasi Pokler. Otasi Molyerni o‘z ishini davom ettirishini istaydi.
1643-yil teatr gruppasini yig‘adi va unga «Yaltiroq teatr» deb nom
qo‘yadi. Gruppa uzoq faoliyat olib bormaydi. Sababi mablag‘ning
yo‘qligi, yangi pyesalar va iste’dodli aktyorlarning yetishmasligi edi.
Do‘stlari bilan ko‘chib yuruvchi Provinsiya komendiantlar gruppa-
siga qo‘shiladi va o‘zi ham pyesalar yozishga kirishdi.
1655-yilda Lionda birinchi pyesalaridan biri «Telba»ni sahnaga
qo‘yadi.
Avvaliga mustaqil badiiy ijod haqida o‘ylamagan, o‘z grup-
pasining repertuari kambag‘illigi uchun qo‘liga qalam olib Italiya
farslarini fransuz muhitiga moslashtirgan Molyer, bor-bora original,
mustaqil asrlar yarata boshlaydi. Fransiyaning buyuk komediyagrafi
shunday dunyoga keladi.
1658-yilda truppa Parijda qirol oldida spektakl qo‘yishadi. Trup-
pani Parijda qolishiga ruhsat berishadi. (Pti Burbon Teatrida – xaftada
3-marta). Truppa 1660-yilda Pale Royal teatridan joy oladi.Bino teatr
talablariga javob bermaydi. Hatto bir asrdan so‘ng ham Volter «Fran-
siyada yaxshi pyesalar bor, yaxshi teatr binolari esa Italiyada» – de-
gan edi.
Molyer Parijdagi 14 yillik hayoti davomida 30 dan ortiq pyesa
yozadi. U 52 yoshida, betob bo‘lishiga qaramay, «Yolg‘on kasal» py-
esasida bosh rolni ijro etib, teatrda vafot etadi.
Molyer fransuz xalq farsi traditsiyasi bilan Rim komediyalarin-
ing eng yaxshi namunalarini tanqidiy o‘zlashtirish asosida fransuz
klassik komediyasini yaratadi. U klassitsizm nazariyotchilarining
tragediyani «yuqori», komediyani «tuban» janr deb ko‘rsatishlariga
qarshi chiqadi.
U teatrni «jamiyat oynasi» deb ataydi. “Tartyuf” asariga yozilgan
so‘z boshida Molyer teatrning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho
beradi. Komediyaning vazifasi kishilarni kuldirib turib, ulardagi
136
nuqsonlarni tuzatishdan iboratdir. Bu ikki vazifadan birining ado
etilmasligi komediyaning ta’sir kuchini yo‘qqa chiqaradi. Molyer
komediyalarida uch birlik qonuniga hamma vaqt ham amal qilaver-
maydi.
1659-yilda birinchi original asari «Kulgili norzaninlar» ni yarat-
di. Bunda yozuvchi o‘z zamonasi ayollarini peretsioz adabiyotga
juda ham mukkasidan ketganligini kulgiga oladi. Molyer «Tartyuf»,
«Don Juan», «Mizontrop», «Hasis», «Dvoreyanlikdagi meshchan»,
«Zo‘raki tabib» kabi asarlari uni nomini mashhur qiladi. Uning eng
mashhur asari – «Tartyuf» 1664-yilda yaratilgan. Molyer komedi-
yalarini o‘qimagan kishilarga ham Tartyuf ismi yaxshi tanish bo‘lib,
u ikkiyuzlamachilik timsoli sanaladi.Asar o‘sha davr sharoitidan
kelib chiqib, bir necha marta qayta ishlangan. Bu komediyada Molyer
yuqori tabaqa vakillari ichida avj olgan riyokorlik va munofiqlik si-
fatlarini Tartyuf obrazi orqali ochib bergan. Asar savdogar Organning
Tartyuf bilan ibodatxonada tanishuvi, uyiga olib ketishi voqealari bi-
lan boshlanadi. Organning o‘g‘li Damis, Xizmatkor qiz Dorina, qizi
Mariannalar bu odamni firibgar ekanligini sezishadi. Ammo otasi
ularga so‘z bermaydi. O‘g‘lini uyidan quvib, mol-mulkini Tortyufga
xat qilib beradi. Asar oxirida Organ Tartyufni soxta taqvodor ekanini
biladi va uyidan haydaydi, ammo bu uy unga tegishli ekanligini ay-
tadi va Organni quvib chiqarish maqsadida sud chinovnigini aytib
keladi. Biroq kutilmaganda «odil monax» buyrug‘i bilan aldoqchin-
ing o‘zi qamoqqa olinadi.
«Tartyuf» komediyasi klassitsizm xarakteralar komediyasining
tipik namunasi bo‘lib, Tartyufning ikkiyuzlamachiligi, Garponning
hasisligi («Hasis») kabi mutlaq hirsdir.Yozuvchining diqqati inson
xarakterini ochish emas, balki ilgaridan belgilab qo‘yilgan Tartyuf
xarakterining bir nuqtasini ko‘rsatishga qaratilgan. Bu klassitsizm
teatrining asosiy belgilaridan biri edi.
1665-yilda yaratilgan «Don Juan» komediyasi (ikki hafta ichida
yozilgan) ham taqiqlanadi. Don Juan Tartyuf singari munofiq va ax-
loqiy jihatdan buzilgan dvoryan edi.
137
«Don Juan» Molyerning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib
chiqqan yirik realistik asari. Buni turmushning keng tasvirlanishida,
uch birlikka rioya etmaslikda, qahramonlar xarakterining rivojlanib
borishida ko‘rishimiz mumkin, klassitsizm qoidasiga binoan, ko-
mediya she’riy yo‘l bilan emas, balki prozada yozilishi kerak edi.
Don Juan obrazining jahon adabiyotida yuzdan ortiq varianti bor.
«Dvoryanlikdagi meshchan» (1670) pyesasida Jurden obrazi
orqali aristokratiya hayotiga taqlid qilib dvoryanlikka suqilib kiruv-
chi meshchan masxara qilinadi. U o‘ziga musiqa, raqs, qilichbozlik,
falsafa bo‘yicha muallimlar yollaydi. Jurden aristokrat doirasidan
chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilinayotgani uchun faxr-
lanadi. Dorant uchun u «sog‘im sigir»ga aylanib qolgan edi.Yosh
yigit Kleant Judenni qizi Lyusilni sevadi. Ammo ota yigitni dvoryan
emasligi uchun qizini bermaydi. Komediya oxirida Kleant turkcha
kiyinib, o‘zini turk sultonining o‘g‘li deb tanishtiradi va Jurdenni bo-
plab laqillatadi.
XVII asr fransuz adabiyotining yirik vakili, mashhur masalchi
shoir Jan Lafonten (1621–1695)dir. Lafontenning adabiy faoliyati
kech boshlanadi. U o‘ttiz uch yoshida Terensiyning «Evnux» ko-
mediyasini qayta ishlaydi. Bu pyesa avtorning bundan so‘nggi tanili-
shi va o‘sishiga zamin yaratadi. Lafonten ijodining dastlabki davrida
aris tokratik pretsioz adabiyoti ta’sirida bo‘ladi. Yunon mifologiya-
sidan foydalanib yaratgan «Adonis» (1658) dostonida Adonisning
ma’buda Veneraga bo‘lgan muhabbatini tasvirlaydi.
Lafonten o‘z masallari bilan katta shuhrat qozondi. Masal janri
mutlaq hokimiyat, shuningdek, aristokratik reaksiyaga karshi keng
demokratik guruhlarning noroziligini qulay va tushunarli qilib bayon
etish quroli edi. Lafontenning xalqchillik g‘oyalari faqat uning ma-
sallaridagina ochiq namoyon bo‘ ladi. Shoir masallarining birinchi
olti kitobi 1668-yilda, ikkinchi besh kitobi 1678–1679-yillarda nashr
etiladi.Lafontenning masallari o‘zining demokratik ruhi va sati rik
kuchining o‘tkirligi bilan shoir ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Ezop
davridan beri masal quyi tabaqalarning manfaatlarini ifodalab kel-
gan edi. Shuning uchun ham klassitsizm estetikasi masalni badiiy
138
adabiyotning quyi turlariga kiritib keldi. Lafontenning klas sitsizm
estetikasining adabiy me’yorlari doirasidan chiqib, original asar
yaratishdagi mahoratini «O‘tinchi va o‘lim» ma salida yaqqol ko‘rish
mumkin. Lafonten antik davr masalchisi Ezopdagi bir syujetdan foy-
dalangan. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan
o‘tinchi dehqon bu dunyo bilan xayrlashmoq maqsadida o‘z oldiga
Azroilni chaqiradi. Azroil o‘tinchidan nimani istashini so‘raganda,
undan qo‘rqib ketgan dehqon bir bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni
yelkasiga olib qo‘yishni iltimos qiladi).
Lafonten bu masalda oddiy insonning mashaqqatlarni yengish uc-
hun zo‘r ishonch bilan yashashini ochiq-oydin tasvirlaydi. Dehqon-
ning qashshoqlanishiga sabab bo‘lgan ij timoiy illatlar, o‘rab olgan
muhitning yaramasligini ifodalash bu masalning asosiy g‘oyasini
tashkil etadi.
Yozuvchining dastlabki kitobida aristokratiyaning mag‘rurligini
masxara qilgan «Dub va qamish», burjuaziyaning qo‘rqoqligini
ko‘rsatgan «Kalamushlar kengashi», saroy tekinxo‘rlarini qoralagan
«Pashsha bilan chumoli», adolatsiz sudni tanqid qilgan «Maymun-
lar sudida tulkiga qarshi shikoyat bilan chiquvchi bo‘ ri», masallari
diqqatga sazovordir. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan ma-
vjud bo‘lgan kamchiliklar deb ko‘rsatiladi (“Bo‘ri bilan qo‘zichoq”).
«Yirtqich hayvonlar o‘lati» masalida ham yomonlik va zulm man-
bai-saroy, qirol va uning yordamchilari qoralanadi. Ularning hayoti
zo‘ravonlikka, kambag‘allarni eksplu tatsiya qilishga asoslangan,
shuning uchun hukmdorlardan yaxshilik, shafqat kutish mumkin
emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini ifodalaydi.
Shoirning ikkinchi to‘plamiga kirgan masallarida sotsi al satira ke-
skinlashadi. Pul hukmronligi va uning halokatli ta’sirini («Etikdo‘z
va ulgurji savdogar»), sudning sotqinligini («Mushuk, laycha va
quyon») qirollik hukumati va din ahllarining yovuzliklarini («Ar-
slon, bo‘ri va tul ki», «Ona arslonni ko‘mish marosimi», «Ruhoniy
va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks ettiradi.
Lafontenning dastlabki masallari tasviriga xos kinoya va kuzatu-
vchilik o‘rnini, endi, 70-yillarning oxiriga ke lib, konkret sotsial sat-
139
irik va realistik tasvir egallaydi. Hayvonlarning allegorik figurasi
o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. («Dunaylik dehqon», «Savdogar,
dvoryan, cho‘pon va shoh o‘g‘li»).
Lafonten antik dunyo, o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri masalchilik
traditsiyalarini o‘rganib, ularga favqulodda rea listik xarakter va sat-
irik ruh kiritadi, bu janrni yangi badiiy yuksaklikka ko‘taradi. Uning
masallari soddaligi va o‘z davri ijtimoiy hayotini keng qamrab olishi,
mehnatkash omma manfaatlarini qizg‘in himoya qilib chiqishi bilan
qimmatlidir. XVII asr fransuz adabiyoti va, xususan, masalchilik jan-
rining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Xullas, klassitsizm XVII asr G‘arbiy Ovrupa madaniyatining
muhim bosqichi sifatida jahon adabiyoti tarixida o‘z o‘rniga ega.
Mazkur yo‘nalish doirasida ijod qilgan yozuvchilar asarlarining ak-
sariyati hozirgi kunda ham g‘oyaviy mazmun va badiiy qimmatini
saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |