O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Nemis ma’rifatchilik adabiyoti
 XVIII asrda Ovrupadagi bir necha davlatlarda (Fransiya, Angli-
ya) markazlashgan mutlaq hokimiyat vujudga kelgan bo‘lsa, Ger-
maniya juda ko‘p martta knyazlik, graflik, imperiya shaharlaridan 
iborat kichik davlatlarga parchalanib ketgan edi.
XVIII asrda Germaniya iqtisodiy qoloq, milliy siyosiy birlikdan 
mahrum, tarqoq mamlakat edi. Mamlakatni 300 dan ortiq katta va 
kichik  hukmdorlar  –  knyazlar,  gersoglar,  graflar  boshqarar  edilar. 
Ular  mustaqil  siyosat  o‘tkazar  va  imperatorga  bo‘ysunmas,  Ger-
maniyaning birlashuviga asosiy g‘ov bo‘lardilar. Kasb-kor, savdo-
sanoat ishlari va dehqonchilik nochor ahvolga tushib qolgan edi. 
Mamlakatda umum noroziligi hukmron edi. 


149
Na  maorif  ishlari  yo‘lga  qo‘yilgan,  na  matbuot  erkinligi  va  na 
afkor omma bor edi. 
Germaniyaning  ana  shu  ayanchli  tarixiy  sharoiti  nemis 
ma’rifatchilari oldiga asosiy vazifa qilib, mamlakatni milliy jihat-
dan birlashtirish vazifasini qo‘ydi. Aynan mana shunday og‘ir davr 
nemis adabiyotining buyuk davri bo‘ldi, chunki XVIII asrda shoir-
lardan Gyote va Shiller, Lessing va Gerder, faylasuflardan Kont va 
Fixte dunyoga keldilar. 
Nemis ma’rifatchilari o‘z rivojlanishida to‘rt bosqichni bosib o‘tdi:
1)  XVIII  asrning  20–50-yillarida  klassitsizm  hukmronlik  qildi. 
Yozuvchilar, asosan, o‘tmishga murojaat qildilar;
2) XVIII asrning 60-yillari – bu davrda tasvirning realistik uslubi 
ustun turdi. Lessing realizm nazariyasini yoqlab chiqdi, “Laokoon” 
risolasini va “Minna foy Barnxelm” komediyasini yozdi. Nemis ad-
abiyoti o‘zining yetuk davriga kirdi. 
3) XVIII asrning 70–80-yillar adabiyoti “Bo‘ron va tazyiq” ad-
abiy harakati yosh shoirlarning isyonkorlik ruhida yozilgan asarlari 
natijasida yuzaga keldi. Gyote va Shillerning ilk ijodi davri (Gyo-
tening “Gyos fon Berlixingen” dramasi, Shillerning “Qaroqchilar”, 
“Makr va muhabbat” tragediyalari);
4) XVIII asrning 90-yillari Shillerning “Vallenshteyn” tragediya-
si, “Fojiaviy san’at to‘g‘risida xatlar” nazariy asarlari yozildi. Fran-
suz burjua inqilobining adabiyotga ta’siri. Gyote bir qator balladalar 
(“Korinflik  kelin”,  “Xazina  izlovchi”,  “Afsungarning  shogirdi”), 
“Vilgelm Meysterning o‘quvchilik yillari” romanini, “Faust” ning I 
qismini yozib tugatdi. 
XVIII asr nemis adabiyoti va madaniyati Lessing va Gotshid, Gel-
lert va Vinkelman, Mendelson va Nikolay kabi shoir va yozuvchi-
larni, “Bo‘ron va tazyiq” adabiy harakatining ajoyib namoyandalari, 
Gyote  bilan  Shillerni,  Motsart  va  Betxoven  kabi  kompozitorlarni 
yetishtirdi. XVIII asr nemis ma’rifatchilik adabiyoti o‘z xalqiga mil-
liy birlik, o‘z kuchlariga ishonch, adolatga intilish kabi tuyg‘ularni 
singdirdi. 


150
Nemis ma’rifatchilarining asosiy vazifasi – mamlakatni milliy ji-
hatdan birlashtirish. (Fransiyada inqilobga tayyorlash bo‘lgan). Bu 
davrda falsafa juda ham ravnaq topadi. (Kant, Fixte, Gegel). Yozu-
vchilar o‘z asarlarida falsafiy masalalarga keng o‘rin berdi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin