Reproduktiv vazifasi - (“produktio” lotincha so‘z – qayta ishlab chiqarish,
ko‘payish) oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan biri (jamiyatning biologik
uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish). Reproduktiv vazifasi inson
zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. Hozirgi kunda 2-3 odamdan
tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha,
bolalar ota-onalarining erkinliklarini cheklaydialr: ta’lim olish, ishlash, malaka
oshirish, o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishda. Afsusuki, bolaga ega bo‘lmaslik mavjud bo‘libgina qolmay, farzand
ko‘rishga layoqatli bo‘lsalar-da, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni
Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib bormoqda. Buning sabablarini quyidagicha
izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan alohida
yashashlari, ajralishlari o‘sib borishi sababli bir ota yoki onali oilalar soni ortib
bormoqda, aholining sog‘lig‘i sifati mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanish
darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit,
axloqsiz hayot kechirish, yomon ovqatlanish, kasalligi va boshqa turli xil sababli
yoshi katta aholining 10-15 %i sog‘ligining holati sababli bolaga ega bo‘lish
imkoniyati mavjud emas.