Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi - oila bola shaxsi shakllanishida
faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy
mikromuhit bo`lib, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omilaridan biridir. U bolaning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Oilaning vazifasi bolaning tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta
-sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalarga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat
madaniyatiga, uning ma’naviy-axloqiy qoidalariga, xalq an’analariga bolani
orgatish ota-onalarining majburiy vazifasidir.