O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
fayl 773 20210505

 
  


99 
 
3.3.  Oila tarbiyasi shakllari. 
REJA: 
1. 
Tarbiya shakllari va oila. 
2. 
Oilada bolalarni tarbiyalash shakllari.  
3. 
Ota-onalarning tarbiya shakllarini tanlash va qo‘llash shart-sharoitlari.  
 
Tayanch  tushunchalar:  oila,  tarbiya  shakllari,  bola  tarbiyasi,  ota-onalar 
tarbiyalash shakllari, shart-sharoitlar. 
 
1. 
Oilada bolalani tarbiyalash shakllari.  
Oilada   sog‘lom  turmush  tarzini   shakllantirish, uning  ma’naviy  va tibbiy 
salomatligi negizidir. 
Sog‘lom
 
turmush  tarzi  kishilarning  hayot  darajasi  bilan,  sihat-salomatligi, 
kayfiyati,  intilishlari,  ishonchi,  kundalik  o‘zgarishlar  bilan,  bu  o‘zgarishlar  qay 
darajada xalqimizning ehtiyojini qondirishi bilan, jamigyatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
va ma’naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi, yosh avlod tarbiyasinin yuksak 
samaradorligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog‘liqdir. 
S
OG

LOM 
turmush  tarzi  oilaning  farovonlik  darajasi,  sog‘ligi,  maishiy 
xizmatga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  to‘la  qondirish  demografik  jarayonlarni  maqbul      
holatga      keltirish,  oila  a’zolarining  ma’naviy  madaniyati,  ongliligi,  axloqiy 
jihatlari va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi. 
 
Oilada
 
turmush  tarzi  jismonan  sog‘lom
 
va  aqlan  barkamol  yangi  avlodni 
shakllantirish,  mehnat  qilish,  dam  olish  va  ijtimoiy  faoliyat  ko‘rsatishga  yordam 
beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etadi. 
Sog‘lom    turmush  tarzini  shakllantirish,  uy-joy  sharoitini  yaxshilash,  oila 
byudjetini  to‘g‘ri  taqsimlash,  to‘g‘ri  va  sifatli  ovqatlanish,  spirtli  ichimliklar, 
giyohvandlik, chekishni   qat’iyan  man  etish, muntazam  ravishda  jismoniy  tarbiya 
bilan  shug‘ullanish,  sanitariya-gigiena  qoidalariga  to‘la  rioya  qilish,  ma’naviy  
intellektual shaxs bo‘lishni talab etadi. Oilaning moddiy imkoniyatlarini yaratish, 


100 
 
ota-onalarning  ongliligi,  ma’naviyati  darajasi  farzandlarni  jismonan  sog‘lom, 
ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. 
Atrof-muhitning  ekologik  musaffoligini  ta’minlash,  ekologik  ong  va 
tafakkurni shakllantirish ham aynan oilada amalga oshirilgandagina oilada sog‘lom
 
turmush tarzini shakllanishida o‘zining ijobiy samarasini beradi. 
  Juda  ko`p  eshitamiz,  anemiya,  kamqonlik  bilan  ona  bo`lishmoqda  degan 
gaplarni.  Lekin  xotin-qizlardagi  ekstrogenetal  va  surunkali  kasalliklarning  oldini 
olish,  bemor  onalarga  tibbiy  yordam  kor`satish  borasida  hukumatimiz  tinimsiz 
chora-tadbirlar  ko`rayotganligi  ham  ayon.  Bugun  biz  shu  holatni  ko‘z  oldimizga 
keltirib,  bo‘lg‘usi  onaning  taqdiri  to`g‘risida  ko‘proq  qayg‘urishimiz  kerak. 
Tibbiyot  xodimlari  bilishadi,  ko‘pinchalik  onalar  u  yoki  bu  infeksiyaning 
tashuvchilari    sifatida  ona  bo‘lishadi,  u  xomiladan  bolaga  o‘tadi,  natijada, 
go`daklar  o‘rtasida, kichik yoshli bolalar o‘rtasida turli kasalliklar aniqlanmoqda. 
Shuning  uchun  ham,  eng  avvalo,  2003-yil  avgust  oyida  qabul  qilingan  Vazirlar 
Mahkamasining 
365-qarorinnng 
mohiyatini 
maktablarning 
yuqori 
sinf 
o‘quvchilari,    kollej  va  litseylarning  qizlariga  tushuntirishimiz,  kasalliklarning 
oldini olib, qizlarni sog‘lom onalikka tayyorlashimiz kerak. Bu ham yosh onalarga, 
bo`lg‘usi avlodga g‘amxo‘rligimiz bo‘ladi. 
Bugungi  kunda  Respublika  «Oila»  ilmiy-amaliy  markazi  xodimlarining 
ustuvor maqsadlaridan biri ham mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari, 
xotin-qizlar  qo`mitalari  faollari  ishtirokida  ushbu  yo‘nalishdagi  mavjud 
muammolar va ularning yechimini aniqlashdir. Zero, o‘tkazilgan tadqiqotlarimizga 
ko‘ra,  1,5  foiz  texnik  yo`nalishdagi  va  1,8  foiz  gumanitar  yo`nalishda  ta’lim 
olayotgan talabalarda reproduktiv madaniyat va huquqqa oid elementar tasavvur va 
bilimlar bor, xolos. Buning oqibatida: 
a) onalikka tayyor bo`lmasa-da, yosh qizcha qo‘rqmay tug‘adi; 
b) anemiya  bo‘lishiga  qaramay,  tanasini  qiynab  turgan  boshqa  xastaligi 
bo`lsa-da, tavakkal qilib, tug‘ish holatlari kuzatilmoqda; 
v) yosh  ayol  tug‘ish  intervaliga  rioya  etmasdan  turmush  o‘rtog‘i  yoki 
qarindoshlar  tazyiqi  bilan  ikkinchi,  hattoki  uchinchi  farzand  ko‘ryapti.  Talabalar 


101 
 
o‘rtasida  o‘tkazilgan  izlanishda  ular  orasida  ham  bakalavriat  o‘qishi  davridayoq           
2-3 ta farzandning onasi bo‘lgan talaba qizlar uchraydi. Salomatligi tekshirilganda, 
deyarli nogiron bo‘lib qolgan onalar borligi aniqlandi. 
Bu  vaziyat  qizlarimizning,  ayniqsa,  talaba  qizlarimizning  reproduktiv 
huquqlari  va  ularni  anglashlari  borasida  katta  muammo  borligini  isbot  etmoqda. 
Ya’ni,  ayolning,  kelinchakning  o’z  salomatligi  holatidan  kelib  chiqib,  ongli 
ravishda ona bo‘lishni rejalashtirishi, tug‘ilajak bolaning  sog`
 
tug‘ilishiga shaxsiy 
mas’uliyatini  anglatish,  reproduktiv  madaniyatning,  renroduktiv  huquqlarini 
bilishning  ajralmas  bo‘lagi.  Aks  holda  o‘zbekona  andisha  bilan  qizlarimiz 
hayotlarida  ham  qiz  uchun,  ham  bolasi  uchun  tavakkal  qilib,  ona  bo’laveradilar, 
salbiy oqibati yana oilaga, jamiyatga ta’sir qilaveradi. 
Bu  maqsadga  erishishda  tibbiyotimiz  taraqqiyoti  va  moddiy-texnik  
ta’minlanishi,  ayollarimizning tibbiy   ma’rifati darajasi va aholi ma’naviyatining 
yuksalib borishi muhim rol  o‘ynaydi. 
Bu o‘rinda oila a’zolari o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish 
ijobiy  natijalar  garovidir.  Ularda  faqatgina  sog‘lom    ota-onadan  sog‘lom
 
farzand 
tug‘ilishini, yoshlarning   tug‘ilgandan   boshlab,   muntazam   o‘z   salomatligiga 
ahamiyat      berishlari  lozimligi,  jinsiy  tarbiyani  oilada,  maktabda  to‘g‘ri  tashkil 
qilish  zarurligi,  qarindosh-urug‘
 
o‘rtasidagi  nikohning  zararli  oqibatlari,  15-16 
yoshli
 
qizlarni  turmushga  chiqishi  qonun  yo‘li  bilan  ta’qiqlanishi,  sog‘lom   
onadan   sog‘lom   farzand   tug‘ilishi   oilaning   balog‘at yoshidagi   har    bir   
a’zosi,   tug‘ish   yoshidagi  ayollar  ongiga singdiriladi. 
Darhaqiqat, demografik  vaziyat murakkab bo‘lgan O‘zbekiston uchun oilani 
mustahkamlash,  uni  rejalashtirish  -  bugungi  kunda  shunchaki  oddiy  bir  masala 
emas,  balki  uning  yechimini  to‘g‘ri  topish  -  Respublika  taraqqiyotini 
ta’minlashning omilidir. 
Albatta,  oilani  rejalashtirish  haqida  gap  borar  ekan,  gap  bu  yerda  tug‘ishni 
cheklash  haqida  emas,  balki  tug`ish  oralig‘ini  uzaytirish  hisobiga  sog‘lom  va 
jismonan  baquvvat    bolani    dunyoga  keltirish,  onaning  salomatligini  tiklash 
nazarda  tutiladi.  Bu  o‘z  vaqtida  oilaning  iqtisodiy  barqarorligini  ta’minlanishida 


102 
 
ham  muhim  rol  o‘ynaydi.  Oilani  rejalashtirishning    o‘ziga  xos  xususiyatlari, 
nazariy va amaliy jihatlari haqida o‘smirga, butun aholiga berilayotgan axborotlar 
mazmunini boyitish va takomillashtirish davr talabidir. 
Respublikamizdagi demografik vaziyatni inobatga olib, oilani rejalashtirish, 
oila  a’zolari  salomatligining  tibbiy-biologik  asoslarini  ilmiy-amaliy  tatbiq  etish, 
uslubiy  tavsiyalar  ishlab  chiqish  va  ularni  amaliyotga  keng  tatbiq  etish  hozirgi 
ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitda mustahkam oilaning shakllanishi uchun 
zarurdir. 
Oila jamiyatdagi iqtisodiy,  ma’naviy va madaniy  munosabatlardan tashqari 
tabiiy-biologik  munosabatlarni  ham  ifodalaydi.  Ya’ni,  oilada  avlod  davom 
ettiriladi.  Jamiyat  erkak  va  ayol  o‘rtasidagi  tabiiy  munosabatlar  madaniyatini 
tarbiyalash  orqali  ular  o‘rtasidagi  ahillikni  mustahkamlashga  ko‘maklashadi.  Bu 
munosabatlar  madaniyatini  shakllantirish  oila  hayotiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi, 
bolalar  salomatligi,  soni  va  tug‘ilish  muddatlarini  maqsadga  muvofiqlashtirishni, 
oilaning rivojlanish jarayonini ongli ravishda boshqarishni ta’minlaydi. 
Tabiiyki,  jamiyat  tug‘ilish  muammosiga  befarq  qaray  olmaydi,  bu  holat 
uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Respublikamiz aholisi 
tez sur’atlar bilan o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning asosiy sabablarini 
quyidagi  omillar  bilan  izohlash  mumkin:  nikohlanish  ko‘rsatkichlarining 
yuqoriligi,  barvaqt  nikohanish,  migratsion  harakatning  pastligi,  xalqimizning 
serfarzandligi va bolajonligi kabi. 
Tug‘ish  yoshidagi  ayollarning  salomatligini  mustahkamlash,  tug‘ilajak     
farzandning  hech  qanday  asoratsiz  sog‘lom  tug‘ilishni  ta’minlash  maqsadida 
tug‘ilgan  farzandlar  oralig‘i  2  yoki  3  yil  bo‘lishi  tibbiy  nuqtai  nazardan  tavsiya 
etilmoqda.  Bu  esa  kelajagi  buyuk  O‘zbekistonimizni  taraqqiy  etgan  davlatlar 
qatoridan  o‘rin  olishda  o‘zining  ma’naviy  va  jismoniy  barkamolligi  bilan  ulush 
qo‘shadigan  farzandlar    dunyoga  kelishi,  millatimiz  genafondining  saqlanishi 
uchun zamin hisoblanadi. 
Qizlarning  balog‘atga  yetmasdan  turmushga  chiqishi  yoki  juda  kech 
turmushga  chiqib  ona  bo‘lish  holatlari  ona  va  bola  salomatligi  uchun  zararli 


103 
 
oqibatlar  keltirishi,  shubhasiz.  Buning  oldini  olishda  xotin-qizlar  qo‘mitalari 
«Sog‘lom avlod uchun», «Bolalar», «Mahalla» jamg‘armalarining faoliyati onalar 
va bolalarning salomatligini ta’minlashga, aholining tibbiy ongini shakllantirishga 
qaratilgandir. 
Insoniyat tarixida oilaning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixi, 
uning  etnopedagogikasi  va  etnopsixologiyasi  -  mohiyatini  davr  talabi  nuqtai 
nazaridan  chuqur  o‘rganish,  ilg‘or  g‘oyalarni  amaliyotga  tatbiq  etish  oila 
farovonligi  va  barqarorligini  ta’minlash  uchun  zamindir.  Shuningdek,  xalqaro 
hamkorlik asosida umumjahon ilg‘or tajribalardan o‘zbek oilasi mentalitetiga mos 
foydalanish  O‘zbekiston  oilasini  jahonga  namoyon  etishda  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. 
Oilada ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy 
hayot  qurishga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish 
bilan  bir  qatorda,  xalqimizning  asrlar  davomida  shakllanib  kelgan  kasb-hunar, 
qadriyatlarga  hurmat  va  e’zozni  shakllantirish  oilaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
manfaatlarini himoya qilishda muhim omil hisoblanadi. 
Jamiyatning  asosiy  tayanchi  hisoblanmish  oila  barqarorligi,    farovonligi, 
tinch-totuvligi va  mustakamligini ta’minlash bilan  bog‘liq  masalalarni hal  etishda     
jamiyatning    ushbu  masalaga  daxldor  barcha  institutlarining    hamkorligini         
ta’minlash oila manfaatlarini ta’minlashda ijobiy samaralar garovidir. 
Oila  -  mahalla  –  bog‘cha  -  maktab  -  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  -
jamoatchilik  tizimida  amalga  oshiriladigan  barcha  ta’limiy-tarbiyaviy,  ma’rifiy-
madaniy targ‘ibot va tashviqot ishlari sistemalilik, mustahkam hamkorlik, izchillik, 
uzviylik,  ketma-ketlik  tamoyillari  asosida  tashkil  etilgan  taqdirdagina  jamiyat 
rivojida oila o‘zining ijtimoiy vazifalarini to‘la ado etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Mustaqil 
Respublikamiz 
iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy 
va  ma’naviy 
yuksalishining    muhim  omillaridan  biri  oila,  mahalla,  maktabning  hamkorlikda 
olib  boradigan  tarbiyaviy  jarayonning  amalga  qaratilgan  faoliyati  hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Ta’lim  to‘g‘risidagi  qonunida  oilaning  jamiyat, 
davlat oldidagi mas’uliyatini anglab yetadigan komil insonni tarbiyalashdagi roliga 


104 
 
alohida  e’tibor  berildi.  By  borada  «Oila-  mahalla-maktab»  dasturining  yaratilishi 
muhimdir. 
Oilada  bola  tarbiyasini  yo‘lga  qo‘yishda  mahallaning  roli  kattadir. 
Qadimdan  o‘zbek  xalqi  mahalla-jamoatchilik  bilan  hamjihatchilikda  yashab, 
oilaviy urf-odat va an’analarni ular ishtirokida, ular bilan bamaslahat o‘tkazganlar. 
Mahalla  kishilarni  birlashtiradigan,  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’rifmy  va 
tarbiyaviy ahamiyatga  ega bo‘lgan jamoa vazifasini bajarib kelgan. 
Maktab  aholining,  birinchi  navbatda,  ota-onalarning  pedagogik  uquvini 
amalga  oshiradi,  har  bir  oilada  o‘zaro  hurmat,  bir-biriga  yordam,  insoniy 
munosabatlar  muhiti  yaratilishini  qo‘llab-quvvatlaydi,  ko‘p  bolali  va  kam 
ta’minlangan  oilalarning  bolalariga  moddiy  yordam  ko‘rsatish  yo‘lida  fuqaro 
mehr-shafqat dasturini amalga oshirishda o‘zining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochib 
beradi.  
Oila  esa,  o‘z  navbatida  o‘quv-tarbiya  jarayonini  qayta  qurishda  maktabga 
yaqindan  yordam  berib,    o‘quvchilarning  ta’lim-tarbiyaning  barcha  jabhalarini 
egallashlari uchun maktab jamoasiga yaqindan ko‘maklashadi. Shuning uchun ham 
oila, maktab va mahalla hamkorligi masalasi hozirgi davrning asosiy talabidir. 
Maktab  tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsatishning  pedagogik  jihatdan  malakali, 
maqsadga  muvofiq  omillariga  hamda  keng  imkoniyatlariga  ega.  Maktabdan 
tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar pedagogik-psixologik qoidalarga amal 
qilinmagan,  maktab,  oila  va  jamoatchilikning  tarbiyaviy  jarayondagi  talabi  bir 
xilda  bo‘lmagan  taqdirda  oilada  ayrim  hollarda  tarbiyasi  og‘ir  bolalar  paydo 
bo‘ladi,  murakkab muammolar yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olishning 
muhim  vositasi  oila-mahalla  va  maktabning  hamkorlik  dasturi  asosida  ta’lim-
tarbiyaviy ish olib borishni ta’minlashdan iboratdir. 
Bunday  mushtarak  tarbiya  asosida  avlodlar  vorisligi  yotmog‘i  lozim. 
Vorislikni  ta’minlashning  muhim  omili  oila  qadriyatlariga    asoslanishdan  
iboratdir.  Eng muhimi, yoshlar ongiga, shuuriga kattalarga hurmat, ishda, o‘qishda 
odamlar  bilan  munosabatda  ota-onadan  o‘rnak  olish,  tarbiya,  mehnat, 
insonparvarlik,  vatanparvarlik  qadriyatlarini  chuqurroq  o‘rganish  va  ularga  amal 


105 
 
qilish, umrboqiyligini ta’minlashdek muhim ishni amalga oshirish bugungi kunda 
ijtimoiy ehtiyojga aylanib qolmog‘iga erishish zarur. 
Yana  bir  muhim  masala  –  bu  qizlarning,  onalarning    jismoniy  salomatligi. 
Bu masala oilaviy sportni rivojlantirish, uni ommalashtirish masalasi bilan bog’liq. 
Jismonan  chinniqqan  qiz  bola  ertaga  ona  bo‘lganda,  uncha-muncha  infeksiyaga 
yoki  xastalikka  bardoshli,  uning  bolasida  ham  immunitet  kuchli  bulishi  fanda 
isbotlangan. 
  
Hammaga  ma’lumki,  bugun  yurtimizda  sportga  va,  aynan,  bolalar  sportini 
rivojlantirishga  mamlakat  rahbarining  o`zi  bosh-qosh  bo‘lib  turibdi.  Demak, 
jismoniy  chiniqish  va  sport  bilan  shug‘ullanishning  ma’naviy-ma’rifiy 
imkoniyatlari  cheksiz.  Agar  yigit  va  qizlarimiz  ilk  yoshlikda  sport  bilan 
shug‘ullansa,  uni  o‘zining  turmush  tarzidagi  muhim,  ajralmas  odat  va  ko‘nikma 
tarzida  ongiga  singdira  olsa,  bu  narsa  uning  inson  sifatida  shakllanishi,  faoliyati 
uchun muhim bo‘lgan boshqa mashg‘ulotlarni ham qiyinchiliklarsiz yenga olishga, 
salomatligiga qadriyat sifatida qarashga o‘rgatadi.  
Masalan,  bir  xonadonda  oila  boshlig‘i  bo‘lgan  ota  bolasi  ilk  yoshligidan 
shug‘ullanishi  uchun  oddiy  trenajyorni  o‘z  qo‘li  bilan  yasab  berdi  va  kuniga 
shug‘ullanish  odatini  farzandida  shakllantirdi,  deylik.  Bola  katta  bo‘lgan  sari    u 
endi bu mashg‘ulotni hovlida, bog‘chasida, so‘ngra maktabida davom ettiradi. Shu 
kabi  o‘zbek  mentalitetimizga  mos  sport  turlarini  qizlar  orasida  keng  quloch 
yozdirish, millat onasining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. 
Demak,  bugun  sportni  rivojlantirish,  u  orqali  millatning  ham  qizi,  ham 
o‘g‘lini  tarbiyalash  masalasi  o‘zbek  oilasini  mustahkamlash,  jamiyatni  poklash, 
ma’naviyatni  barqarorlashtirish  kabi  muhim  ishlarning  asoslari  bilan 
bog‘lanmoqda. Yoshlar orasida bu borada targ‘ibot – tashviqot qilganimizda uning 
mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, bola sport bilan faqat o‘zining jismoniy quvvatini 
tiklash  va  bo‘sh  vaqtini  maroqli  o‘tkazish  uchun  emas,  balki  u  orqali  sog‘lom 
turmush  tarziga  amal  qilish,  ma’naviy  va  jismoniy  kamolga  intilish,  turli  salbiy 
ta’sirlar va zararli odatlardan xalos bo‘lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun 
shug‘ullanish zarurligini uqtirishimiz kerak. Demak, ana shunday fazilatlarga ega 


106 
 
bo‘lgan  qizlar  bugun  bizga,  hammamizga  kerak  -  ota-onaga  ham,  ustoz-  
murabbiyga  ham,  mahalla  faollariga  ham,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etuvchi 
mutasaddilarga  ham.  Eng  muhimi  –  bu  qadriyatlardan  shaxsning  o‘zi  –  bo‘lg‘usi 
onalarning o‘zlari birinchi navbatda manfaatdor. 
Demak,  ushbulardan  mantiqan  jismoniy  madaniyat  va  tibbiy-reproduktiv 
madaniyatni  oshirishga  umumxalq  tadbiri    deb  qarashimiz  to‘g‘ri  bo‘lishi  fikri 
kelib chiqadi. Bu xulosa uchun yana ikkita kuchli asos bor. Birinchisi - sportning, 
ayniqsa,  qizlar  sportining  o‘zi  ommaviy  tus  olgandagina  samarali  bo‘lishini 
tushunishimiz lozim.  
Ya’ni, bu ishga qizlarimiz yoshlikdan faqat tilda  emas, balki dildan yaxshi 
ko‘radigan  mashg‘ulotga  qaraganday  munosabatda  bo‘lgandagina  ommaviy  tus 
oladi.  Bu  strategik  maqsadimiz  -  milliy  genofondni  yaxshilash,  barkamol    va 
sog‘lom
 
avlod  tarbiyasi  borasida  amalga  oshirayotgan  ishlarimizni  sifat 
pog‘onasiga  ko‘taradi.  Olimlardan  biri  -  F.Naytingeyl  yozgan  ekan:  «Hozir 
hamshiralar  bemorlarga  qaramoqdalar,  lekin  shunday  vaqtlar  keladiki,  ularning 
qaramog‘idagilar    sog‘lom
   
bo`lib,  hamshiraning  vazifasi  faqat  ularning  betob 
bo‘lib  qolmasliklari  uchun  qayg‘urish    bo‘lib  qoladi».  Bugun  bolalar  sportini 
rivojlantirishga  qo‘shayotgan  hissamiz, onalar va qizlarning  jismonan baquvvat 
va  sog`lom    bo‘lishlariga  qayg‘urayotganimiz    kelajakda,  albatta,  bemor  onalar 
kam bo‘lib, faqat o‘zlarini chiniqtirish uchun ongli tarzda sog‘lom
 
turmush tarzini 
shakllantira oladigan insonlar jamiyatiga kelishimizga imkon beradi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin