O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Chaqaloq  va  onasi  uchun  chilla  davri



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
fayl 773 20210505

Chaqaloq  va  onasi  uchun  chilla  davri.  Xalqimizning  urf-odatlari  orasida 
farzandning dunyoga kelishi bilan bog‘liq marosimlar mavjud bo`lib, ularning har 
biri yaxshi niyatlar bilan amalga oshiriladi.  
Bu  chaqaloq  tug‘ilganda  yaqin  kishilardan  “suyunchi  olish”,  “kindik 
kesish”,    bolani  cho‘miltirish,  chaqaloqqa  ism    qo‘yish,  qulog‘iga  azon  aytish, 
kichik  va  katta  chilla  davrini  o‘tkazish,  chaqaloqni  beshikka  solish  kabi 
tadbirlardan  iborat.  O’tmish  odatlariga  ko‘ra  ona  va  chaqaloqni  har  tomonlama 
asrash  taqozo  etilgan.  Chilla  davri  uchun  xarakterli  xususiyatlar:  ona  va  bolani 
yolg‘iz    qoldirmaslik,  ular    yashayotgan    xonaga  hech  kimni  kiritmaslik, 
chaqaloqni  tuzli,  tuproqli  suvlarda  tez-tez  cho‘miltirish,  onaga  og‘ir  yumushlar 


113 
 
qildirmaslik,  tunda  tashqariga  chiqmaslik,  bolani    qorong‘u  joyda  saqlamaslik, 
ona-bola  asabini  buzmaslik,  qo‘rqitmaslik  ular  salomatligini  saqlash  garovidir. 
Sharqda  qadimdan  emizikli  ayol  taomnomasiga  alohida  ahamiyat  berib  kelingan. 
Yosh  bo‘shangan  ona  sut  keltiruvchi  kuchli  taomlar  iste`mol  qilishi,  sutning 
sifatini  buzmaslik  uchun  piyoz,  sarimsoq,  garmdori,  spirtli  ichimliklar  iste’mol 
qilmasligi zarur. Bular bola tanasi uchun – og‘irdir. 
Toshkentda  chilla  davrida  “aqiqa”  degan  marosim  o‘tkaziladi.  U  farzand             
7,  14,  21,  28  kunlik  bo‘lganda  qo‘y  so‘yib,  osh  damlab,  qarindosh-urug‘,  qo‘ni-
qo‘shnilar  ishtirokida  tashkil  etiladi.  U  ikki  jon  -  ona  va  bolaning  eson-omon 
bo‘lishi niyatida, Ollohga shukonalik ramzi sifatida o‘tkaziladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  chaqaloq  “chilla”  davomida  ona  maxsus  gigienaga 
rioya  qilgan,  u  o‘z  bolasini  kasallik,  “yovuz  kuchlar”dan,  “yomon  ko‘z”lardan 
asrab-avaylagan.  U  o‘z  farzandini  bu  yorug‘  dunyoga  moslashishi  uchun  zamin 
yaratgan.  Tibbiyot  xodimlari  fikricha,  chilla  davrida  kasal  bo‘lmagan  chaqaloq 
ulg‘ayganda ham sog‘lom bo‘ladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin