117
kirib kelishganida barcha ularni qutlashgan. Kichik yoshli bolalar ularga bahor
gullarini taqdim etishgan. Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashagan
qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlarni duo qilganlar.
Mustaqillikka erishilib, milliy qadriyatlar tiklana boshlagandan so‘ng
“Muchal yoshi” nafaqat oila a’zolari davrasida, balki maktablarda ham ota-onalar
ishtirokida Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda. Bu kabi yangi tadbirlar
ko‘pgina maktablarning an’anaviy bayramlariga aylanib bormoqda.
To‘y - hayotning katta shodiyonasi, oila baxt-saodati va farovon turmush
ramzi, hayotning eng quvonchli damlaridir. Xalqimizda qadimdan “Beshik to‘yi”,
“Nikoh to‘yi”, “Payg‘ambar yoshi to‘yi” kabilar bo‘lgani ma’lum. Hozirda nikoh
to‘ylarining yangicha, zamonaviy shakllari qaror topmoqda. To‘ylarni o‘ziga xos
bayram tarzida tashkil etish, ularni tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa,
badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. 1998-yil 28-oktyabrdagi to‘y-hashamlar,
oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solishga
bag‘ishlangan farmon ajdodlarimizning oilaviy qadriyatlarini tiklash, mazmun va
mohiyatini bozor iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda metodologik asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: