Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
kutilmagan baxt-a!” desa bo‘ladimi? Boyoqish Narmin menga yaxshilik qilaman deb, 
o‘zini sharmanda qilib qo‘ygani menga shunaqayam qiziq tuyuldiki, men piqillab kulib 
yubordim. Bechora ofitser yanglishganini tushunib, qochvordi... Qochmay nima ham qil-
sin: Narmin o‘rnida kap-katta xotinni ko‘radi-yu... 
Komron kulimsirab turib eshitdi. Farida davom etdi: 
— Lekin bechora qizning sirini senga aytib, ko‘p yomon ish qildim. Tiyilib o‘lmagan ti-
lim  qo‘ymadi-da... Jon Komron, xudo haqqi, birovga og‘zingdan chiqarma, xo‘pmi? Balki 
kelajakda, kim bilsin, Narmin unga ko‘ngil qo‘yib qolar... Og‘zingdan chiqarmasang, 
ularga qiladigan yaxshiliging shu bo‘ladi... 
— Va’da beraman, Farida. Lekin Narmin hali juda ham yosh-ku... 
Farida: 
— Ehtimol. Lekin bunaqa yoshlarning qalbi ko‘ringaniday bo‘lib chiqavermaydi, — de-
di. 
Uning so‘zlarida zaif bir gina bor edi. 
Shu so‘zlardan keyin anchagacha jim borishdi. Hamon yonma-yon ketishardi. Shamol 
asta-sekin susayib, ularning qadamlari ham sekinlashib bordi. Bechoralar yo‘lning tuga-
shidan qo‘rqar edilar. 
Komron ichida ezilib o‘ylardi: “Boyagina tabiat menga ma’nosiz, o‘zim esam keraksiz 
bir narsa bo‘lib ko‘ringan edi... Endi esa pushtirang qizaloq chorshafi ichida titrayotgan-
day ko‘ringan nozik, kichik, chiroyli narsani shamoldan bir ozgina himoya qilish menga 
qanchalik baxt keltirdi. Hamma vaqt shunday bo‘lishi mumkin edi. Men bu kichkina, 
ko‘hlikkina vujudni xohlasam baxtiyor qila olar, o‘zim ham baxtiyor bo‘la olardim... Af-
sus!” 
Farida xayolga cho‘mib, qadamlarini asta-asta sekinlashtirib borardi. U birdan yana 
gapira boshladi, gapirganda ham hozirgi suhbatlariga hech aloqasi bo‘lmagan narsalar 
to‘g‘risida gapirardi: 
— Har nima bo‘lganda ham, bu kichkina sayohat bahrimni ancha ochdi. Bir-ikki yil ga-
shtini surib yuraman... Keyin, xolalarimni, hammangizni sog‘insam, tag‘in kelaman... 
Ana shunday qilib, yillar o‘tadi, sekin-sekin sochlarim oqara boshlaydi, seniki ham shun-
day bo‘ladi, albatta. Bir-birimizni ko‘rganimizda yana xursand bo‘lamiz, ayrilganimizda 
esa achinishimiz balki ozayib borar... Kim biladi, bir kun emas-bir kun butunlay qaytib 
ham kelarman, shunday emasmi? Hayot bu, har narsa bo‘lishi mumkin... Ana shunda 
sen mening chinakam akam bo‘lib qolasan... Qarilar birin-ketin ketishgan sari biz ham 
bir-birimizning qadrimizga ko‘proq yetadigan bo‘lamiz. Mayda, ahamiyatsiz kamchilikla-
rimizga ortiqcha parvo qilmaymiz. Shunday qilib, umrimizning so‘nggi damlarini yoshlik 
chog‘larimiz o‘tgan yerlarda... 
Ovozining billuridagi ko‘rinmas darz jarangi kuchayib, so‘zlariga yashirin huzun va 
alam ohangi berib borardi... 
Yo‘lda bolasi bilan ketayotgan bir tilanchi xotinga duch kelishdi. Yalang oyoq bola Fa-
ridaning atrofida parvona bo‘lar, ozg‘in qo‘llari bilan uning etaklarini silardi. 
Komron xotinga xayr berdi. Farida esa kichkina yetimchalarni suyib-siypashga o‘rga-
nib qolgani uchun gadoy bolaning boshini silashdan jirkanmadi. 
Ular yana yurib ketishganda, tilanchi xotin orqalaridan duo qilib qoldi: 
— Xudoyim bir-biringizdan ayirmasin. Xudoyim shu chiroyli qizni senga ehson qilsin! 
Yoshlar ixtiyorsiz to‘xtab qoldilar. Komronning qalbidagi alamli o‘tmish ko‘z o‘ngida 
aks etdi. 
— Farida, eshitdingmi nima deganini? — deb so‘radi u. 
Bu savolga Faridaning ko‘zlaridan yumalagan bir juft yirik tomchi javob bo‘ldi. Endi 
ular bir-birlariga yaqin kelishga botinishmay, ayri-ayri yurib ketishdi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin