Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Boshimni xolamning ko‘ksiga bosdim. 
— Yiqilmasdan avval yig‘lagan bo‘lsam kerak, xola,— dedim. 
 
* * * 
Uch kundan so‘ng Oysha xolam bilan Mujgon ham dasturxon tuzab, biz bilan Istam-
bulga jo‘nadi. Basima xolam kelishimizni o‘g‘lining xatidan bilib, Najmiya ikkovi bizni 
G‘alata stantsiyasida kutib oldi. 
Unashilganimning dastlabki haftalarini hammadan qochib o‘tkazdim. Ko‘proq Komron-
dan o‘zimni tortar edim. U men bilan yolg‘iz qolishni, birga aylanishni, gaplashishni 
xohlardi. Bilaman, har bir unashilgan yigit kabi uning bunga haqqi bor edi. Faqat nima 
qilayki, men dunyodagi unashilgan qizlarning eng g‘alatisi, eng yovvoyisiman. Komron-
ning ro‘para kelayotganini ko‘rdim deguncha hurkkan ot singari potirlab qochar, shu 
ko‘yi ko‘rinish bermay ketar edim. 
Mujgon orqali bir ultimatum berdim. Ro‘para kelganimizda men bilan unashilgan kishi-
day gaplashmasin, dedim. So‘zimga kirmasa, hamma ishni buzaman, deb qasam ichdim. 
Mujgon, Taqirdog‘idagi singari, bu yerda ham yotog‘imga tez-tez kirib nasihat qilardi.  
Nega bunday jinnilik qilasan, Farida? — deyardi. — Uni o‘lguday yaxshi ko‘rishing-
ni-ku bilaman. Hozir sizlarning eng yaxshi vaqtlaringiz. Kim biladi, uning senga aytadi-
gan qanday chiroyli gaplari bor ekan... 
Mujgon ba’zan shu bilan kifoyalanib qolmay, nozik qo‘llari bilan sochlarimni silar, 
uning tilidan gapirardi. 
Ko‘rpamda shumshayib olib: 
— Xohlamayman... Qo‘rqaman, uyalaman, g‘alati-da... Tushuntira olmayman... — 
deb bezillar, yonimga kelsa yig‘lar edim. 
Mujgon meni tashlab uxlagani ketganidan keyin Komronning so‘zlarini o‘z-o‘zimga ay-
tar, bu so‘zlar ohangi ichida uxlab qolardim. 
* * * 
Xolam menga atab bir uzuk buyurtiribdi. Komron bilan unashilganimiz nishonasi qilib 
taqiladigan bu uzuk mening yara-chaqa barmog‘imga yaqinlashtirib bo‘lmaydigan dara-
jada ajoyib, ko‘z olg‘uvchi edi. 
Xolam Istambulga borib kelgan kunlarining birida meni deraza yoniga chaqirib kelib, 
shu uzukni bir mujda kabi ko‘rsatdi. Keyin ro‘paradagi daraxtlar orasida botib bo-
rayotgan quyoshga tutib tovlatganda, ko‘zlarimni yumib tisarildim, qo‘llarimni orqamga 
o‘tkazdim, qizarganimni ko‘rsatmaslik uchun yuzimni parda orqasiga oldim. 
Xolam mening muddaomga tushunmadi, suyunib bo‘yniga osilmaganimga hayron 
qolayotganday: 
— Yoqtirmadingmi yo, Farida? — dedi. 
Men sovuqqina qilib: 
Juda chiroyli, xola, mersi, — dedim. 
Bu qilig‘imdan dili ozor topgani sezilib turardi. Lekin ozori uzoqqa bormadi. Yana ku-
lishga boshlab: 
— Qo‘lingni uzat, bir taqib ko‘raylik, — dedi. — Eski uzugingga o‘lchatib qildirdim. Xu-
do xohlasa, loyiq kelar. 
Xolam zo‘rlik bilan tortib oladiganday, qo‘limni orqamga bekitib: 
— Hozir emas, xola, — dedim. — Keyin... 
Bolalik qilma, Farida. 
O‘jarlik bilan boshimni solintirib, oyoqlarimning uchini tomosha qila boshladim. 
— Bir necha kundan so‘ng qarindoshlarimizni chaqirib, kichkina ziyofat beramiz. 
Unashganimiz nishonasini taqamiz. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin