Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Dastlabki uch oy baholarim juda yomon bo‘ldi. G‘ayrat qilib o‘zimni qo‘lga olmasam, 
sinfda qolishim turgan gap edi. 
Yetuklik tabellari tarqatilgan kuni kechqurun Aleksi opa meni burchakka tortib: 
— Baholaringiz yoqdimi, Farida? — deb so‘radi. Badbin bir alfozda boshimni silkitib: 
— Ancha yomon, ma soeur, — dedim. 
— Ancha emas, butunlay. Sizning shunchalik yomon o‘qiganingizni hech ko‘rmagan 
edim. Aksincha, bu yil yaxshiroq o‘qirsiz deb kutgan edim. 
— To‘g‘ri aytasiz. Bu yil o‘tgan yilgidan bir yosh ulg‘aydim. 
— Faqat shuginami? 
G‘alati! Aleksi opa betimni silar, tagdor qilib kulardi. Nima qilishimni bilmay, ko‘zla-
rimni olib qochdim. 
Voy bu murabbiyalar-e! Dunyo ishlariga hech qiziqmaydigan ko‘rinishsa ham, mayda-
chuyda g‘iybatlargacha xabardor bo‘lib turadilar. Kimdan bilishadi? Qanday bilishadi? 
Oralarida o‘n yil yashaganimga, savdoyi qiz bo‘lmaganimga qaramay, bunga hech tushu-
na olmas edim. 
Bir bahona bilan o‘zimni qutqazish payiga tushganimda Aleksi opa yana shama qildi: 
— Tabeldagi baholaringizni birovlarga ko‘rsatishdan uyalarsiz deb o‘ylayman, — dedi. 
Keyin orqasidan tag‘in bir ta’na toshi otdi: — Bu yil sinfdan o‘tmasangiz, bu yerda yana 
bir yil, uzun bir yil qolish xavfi ham bor. 
Ko‘rdimki, hujumga o‘tmasam, Aleksi opadan osonlikcha qochib qutulolmayman. 
Chor-nochor yuzsizlik qilib, yasama soflik bilan: 
— Xavfi bor deysizmi? Nimaga xavfi bo‘ladi? — deb so‘radim. 
Aleksi opa ayollar g‘idi-bidisining uchiga chiqqani edi. Bundan ziyodasi men bilan yuz-
ma-yuz kelish, ochiqchasiga gaplashish degan so‘z bo‘lardi. Yengilganini sezdirmaslik 
uchun nozli bir karashma bilan betimga sekin urib qo‘ydi. Keyin: 
— Uni o‘z aqling bilan topib olarsan, — deb ketaverdi. 
 
* * * 
Mishel bu yil maktabda yo‘q edi. Bo‘lsa, meni albatta gapga solar, miyamdagi pari-
shonlikni mutlaqo orttirar edi. 
Bir yil avval o‘zim to‘qigan hikoyani aytib turganimda qanchalik erkin, jo‘shqin 
bo‘lsam, bu yil unashilgan qiz vaziyatiga tushganimdan keyin shunchalik qo‘rqoq bo‘lib 
qoldim. Dugonalarimdan meni tabriklaganlarni qisqa, quruq tashakkur bilan jo‘natar, 
yaqinlashish maylini ko‘rsatganlardan yuz o‘girib ketar edim. 
Faqat bittasi, biz yoqlardagi armani doktorning qizi, o‘jarligimni yengishga muvaffaq 
bo‘ldi. Dam olish kunlarini maktabda o‘tkazdim. Uch oy ichida uyga ikki, yo uch martagi-
na bordim. 
Sababini o‘zim ham uncha bilmagan bu o‘jarligim Basima xolam bilan Najmiyani ta-
jang qilar, Komron esa nima deb o‘ylashini, qanday chora ko‘rishini bilmay qiynalar edi. 
U dastlabki oylarda maktabga har hafta ko‘rgani kelib turdi. Murabbiyalarim og‘izda bir 
nima deyishmasa ham, unashilgan yigitning o‘quvchi qiz bilan kelib ko‘rishishiga jahllari 
chiqar, bo‘lamning meni dahlizda kutib turganini aytib, yuzlarini burishtirar edi. 
Men odatda dahliz eshigining bir tavaqasini jo‘rttaga ochib qo‘yar, unga suyanib, 
qo‘llarimni fartugimning qayish kamariga suqqanim holda jilla bo‘lsa besh minut tik turib 
gaplashardim. Bo‘lam ora-sira xat yozib turish istagi borligini aytgan edi. Lekin men, 
murabbiyalarimiz tashqaridan keladigan xatlarni turkcha biladiganlardan bittasiga o‘qitti-
rib, keyin yirtib tashlashadi, degan bahona bilan bu fikridan qaytardim. 
Shu ko‘rinishlarning birida oramizdan qora mushuk o‘tgani hali-hali esimda. Komron 
uzoq turmaganimga jahli chiqib, eshikni zo‘rlik bilan yopib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin men 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin