foydalangan holda: tayanch bilimlarni egallashdan tortib, o’quv fanlari bo’yicha
bilim, ko’nikma va malakalarni interfaol tarzda egallash jarayonining samarali
yo’llarini shakllantirishgacha ta’limni tashkil qilishga mutlaqo yangicha
yondashuvni ishlab chiqishdan iborat. Bunday yondashuvning maqsadi -
innovatsion o’qitish vositalarini qo’llash orqali o’quvchilarning bilim, ko’nikma va
malakalarini sifatini oshirishdir.
Hozirda bizning institutimizda darslar innovatsion va axborot
texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Biz bo’lajak pedagoglar esa bularning
barchasini o’rganib, malakaviy amaliyotimizda qo’llab, har bir darsni zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalar asosida olib bormoqdamiz. Shuning
natijasida biz har bir o’quv yurtida ta’lim xizmatlarini sifatli amalga oshirishda o’z
hissamizni qo’shmoqdamiz.
Yana shuni aytish mumkinki, hozirgi o’quv jarayonida iqtidorli yoshlar
bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan
kam foydalanilmoqda. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni kuchaytirish va ularning
bilimlarini yanada rivojlantirish kerak. Chunki bizning mamlakatga yuksak
salohiyatli, bilimli raqobatbardosh kadrlar kerak. Bunday yoshlarni, ya’ni
kadrlarni tayyorlashda muammoli ta’lim tashkil etish va turli texnologiyalardan
foydalanish zarur. Bu texnologiyani qo’llash orqali guruhlar ichida kichik
guruhlar o’rtasida raqobat muhitini vujudga keltiradi, o’quvchilarni
harakatchanlikka chorlab, ruhlantirladi va mustaqil o’qib o’rganishni talab qiladi.
Demak biz bo’lajak pedagoglar raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun
quyidagilarni inobatga olishimiz lozim:
1. Iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash;
2. Har bir talabaga individual yondashish;
3. Talabalar o’rtasida raqobat kurashini vujudga keltirib, ularni mustaqil o’qib -
o’rganishini tashkil qilish;
4.
Darslarni innovatsion va axborot texnologiyalardan foydalangan holda olib borish;
5. Talabalar bilan olib boriladigan mustaqil ta’limni kuchaytirish;
6. Ilmiy to’garaklarni tashkil qilish va iqtidorli talabalarni jalb qilish.
20
Bundan tashqari ta’lim berish jarayonida turli vaziyatlarga duch kelishimiz
mumkin. Bunday vaziyatlarni oldini olish yoki undan chiqib ketish uchun turli
xildagi innovatsion tadbirlardan foydalanishimiz ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: