buzilishi natijasida og‘ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og‘ir jarohatlanish
sodir bo‘lsa yoki baxtsiz hodisa o‘lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan
rahbar hodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni
vazifasidan chetlatish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan
belgilanadi.
buyrug‘iga asosan ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda
aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmasligi sharti bilan)
ushlab qolinadi.
To‘liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo‘lgan taqdirda va aybdor jinoiy
ish qilgan bo‘lsa, uni javobgarlikka tortish bilan bir qatorda sanoat korxonasiga
keltirilgan moddiy zararni ham to‘liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday
javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sudi organlari chiqaradi. Bu holda
korxona ma’muriyati tomonidan aybdorning haqiqatdan ham aybdor ekanligini
tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilishi kerak.
Hozirgi zamon fan va texnikasining o‘sishi yangidan-yangi texnologiya va
mashina – mexanizmlarning joriy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir
xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal
qiladigan bo‘lishlarini talab qiladi.
Instruktajlarni asosan to‘rt guruxga bo‘lib qarash mumkin: 1) kirish
instruktaji; 2) ish joyidagi instuktaj; 3) vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan instruktaj
va 4) rejadan tashqari instruktaj (GOST 12.004-74 (MXSS)).
Dostları ilə paylaş: