Kirish instruktaji. Ishga yangi kirayotganlar uchun o‘tkaziladi. Bu
instruktajning asosiy maqsadi – ishga kirayotganlarning mehnatini muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi to‘g‘risida ma’lumot berish hisoblanadi. Kirish
instruktaji yaxshi jihozlangan va ko‘rgazmali qurollar o‘rnatilgan mehnatni
muhofaza qilish kabinetida, xavfsizlik texnikasi injeneri tomonidan o‘tkaziladi.
Kirish instruktaji vaqtida ishga kirayotgan ishchi quyidagi holatlar bilan
tanishtirilishi shart: O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish
qonuniyatlari asoslari, o‘kuv yurtining ichki tartib qoidalari, xavfsizlik
texnikasining umumiy talablari, ish joyini tashkil qilish, ishchiga topshirilgan
mashina va mexanizmlarni saromjon va ozoda saqlash qoidalari, baxtsiz
hodisalarni oldini olish qoidalarini tushuntirish bunda asosiy diqqat e’tiborni har
xil erituvchilar, kislotalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar, siqilgan havo, elektr
toki xavfi mavjud bo‘lgan vaziyatlarga qaratish kerak.
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va o‘kuv jarayonida qoida,
norma va instruksiyalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan baxtsiz hodisalar
haqida ma’lumotlar berilishi kerak. Baxtsiz hodisa ro‘y berganda o‘zini qanday
tutish haqida tushuncha beriladi, alkogolli ichimliklar baxtsiz hodisaga olib
50
kelishi haqida aytib o‘tilishi shart. Kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy
muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari, sanitar-gigiyena sharoitlariga e’tibor
berish, sanitar maishiy xonalardan foydalanish tartibi, baxtsiz hodisa ro‘y
berganda, baxtsiz hodisaga uchragan kishiga vrach kelgunga qadar yordam
ko‘rsatish usullari haqida ma’lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: |