Ish joyidagi instruktaj. Ish joyidagi instruktajda qo‘yidagilar tushuntirilishi
kerak: ishchining doimiy ishlash joyi, o‘kituvchining doimiy ishlashi zarur bo‘lgan
axborot texnologiyalarning xususiyati ularning vazifasi va ulardan foydalanish
qoidalari. Ishga tayyorlanish qoidalari, elektron vositalarning sozlanganligini
tekshirish, yurgizish o‘chirish asboblarining ishlashi, yerga ulanganligi, yordamchi
va asosiy qurollarning mavjudligi. Shaxsiy muhofaza aslahalarining vazifalari va
ulardan foydalanish qoidalariga qo‘yiladigan talablar.
Instruktaj o‘tkazayotganda avvalo odatdagi ish sharoitida ishchi o‘zini
qanday tutishi kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Masalan avariya, yong‘in va
boshqa hollarda o‘kituvchi o‘zini qanday tutishi, tez harakat qilishi muhim
ahamiyatga ega.
Shuning uchun mana shunday holatlarda qanday harakat qilish kerakligi
haqida ham ma’lumot berilishi kerak.
Ish joyidagi instruktajni texnik havfsizlik buyicha hodim o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: |