Ta’limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma – xil turlari.
Dunyoda shunday ta’lim tizimi yuzaga kelganki, uning xilma – xil turlari mavjud bo‘lib,
ularni ko‘pchilik “qo‘llab turuvchi, ta’minlovchi, yordamchi o‘qitish” deb ataydilar. U
qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi odamni kundalik muammolarni hal
etishga tayyorlashga asoslangan bo‘lib, shaxsning faoliyati va hayot tarzini qo‘llab turish uchun
mo‘ljallangan.
Ayni vaqtda “Innovatsion” (yangilik kiritish) ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor
berilmoqda.
Innovatsion ta’lim – bu bo‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon
bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv
qilishdan iborat. Unda ta’lim – tarbiyada yangicha sifat ko‘rsatkichiga erishib, yuqori
samaradorlikni qo‘lga kiritish amalga oshiriladi va ijodkorlikka yo‘naltiriladi hamda ta’lim
texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko‘tarish, shuningdek, ta’lim – tarbiyada zamonaviy
yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi.
Innovatsion ta’limda zamon bilan hamnafas ta’lim texnologiyalarini yaratish bilan
shug‘ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi.
Innovatsion ta’lim o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
kadrlar tayyorlash tizimiga ilm – fanning uzviy ravishda kirib borishini ta’minlaydi.
Bunda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli
innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm – fanning ta’lim
amaliyoti bilan integratsiyani ta’minlash chora – tadbirlari ishlab chiqiladi;
ilg‘or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiyalarini joriy etish uchun o‘rta
umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi va oliy o‘quv yurtlarida eksperimental
maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy – tadqiqot natijalarini o‘quv – tarbiya jarayoniga o‘z
vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro‘yobga chiqarishga erishiladi;
ta’lim jarayonining istiqbolini oldindan ko‘ra bilish, ya’ni ta’lim beruvchining avvalgi va
hozirgi tajribasi asosida o‘qitish emas, balki ta’lim oluvchini uzoq kelajakni mo‘ljallashga
(istiqbolli reja tuzishga) o‘rgatishdan iborat bo‘lib, unda ta’lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy
faoliyatda tashxislash, bashoratlash, modellashtirish va loyihalashtirishni amalga oshira olishi
zarur;
ta’lim oluvchining hamkorlikda ta’lim olish va optimal qarorlarni qabul qilish (lokal va
xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivilizatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global
muammolarni hal etish)da faol ishtirok etishni ta’minlash.
Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida
keng qo‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |