Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix02.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#115110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari

Muammoli  o‘qitishda  o‘quv  muammolarini  hal  etish  jarayonida  bilimlarni  mustaqil 

egallash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yo‘li 

bilan  ta’lim  tashkil  etiladi.  Bundagi  ta’lim  texnologiyasi  turli  tumanligi  bilan  ajralib  turmaydi, 

chunki ta’lim oluvchilarni faol ishtirok etish faoliyatiga jalb etish bir necha bosqichlardan iborat 

bo‘ladi.  Ular  ketma  –  ket  tartibda  va  kompleks  amalga  oshirilishi  kerak.  Bunday  o‘qitishda 

muammoli  vaziyatni  yaratish  muhim  bosqich  hisoblanadi,  chunki  mazkur  jarayonda  fikrlash 

jarayonida qiyinchilik his qilinadi. 

Muammoli o‘qitishda muammoni ilgari surish dastlabki bosqich hisoblanadi. Muammoni 

hal  etishning  keyingi  bosqichida  ta’lim  oluvchilar  berilayotgan  savol  bo‘yicha  mavjud 

muammoni  aniqlaydilar,  tahlil  qiladilar,  javob  topish  uchun  ularning  yetarli  emasligini 

aniqlaydilar  va  yetishmayotgan  axborotni  topishga  intiladilar.  Uchinchi  bosqich  muammoni 

yechish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u 

ta’lim  oluvchida  mustaqil  fikr  shakllanishi  orqali  aniqlanadi.  Shundan  keyin  muammoni  hal 

etish,  olingan  natijalarni  tekshirish,  dastlabki  gipoteza  bilan  solishtirish,  egallangan  bilimlar, 

malakalarni tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi. 

Muammoli  topshiriqlar  savollar,  o‘quv  masalalari,  amaliy  vaziyatlardan  iborat  bo‘lishi 

mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo‘lishi mumkin. 

Muammoli masala esa uni yechish yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi 

o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama – 

qarshiliklar tashkil etadi. 

O‘qish  jarayonida  muammoli  vaziyat  sub’ekt  (ta’lim  oluvchi)  o‘zi  uchun  qiyin  bo‘lgan 

masalani  yechishga  qiziqishi,  ammo  unga  ma’lumotlar  yetishmasligi  va  uning  o‘zi  ularni  izlab 

topishi zarurligini ko‘zda tutiladi. 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin