Ключевые слова: мышление, мыслительные процессы, анализ, синтез, логическая задача, числовая
связь.
Keywords: Thinking, thinking processes, analysis, synthesis, logical problem, numerical connection.
Agar o’quvchi, hech bo’lmaganda bir marta o’zi mustaqil ravishda birorta matematik
masalani hal qilsa, u albatta, unutilmas hayajonli damlarni boshidan kechiradi va g’alaba
nashidasini suradi. Bunday “kichik” g’alabalar, ayniqsa bolalik chog’ida yuz bersa, inson bu
onlarni hayotining oxirigacha xotirasida saqlab qoladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining
matematika faniga qiziqishlarini oshirish o’ta muhim masalalardan biri bo’lib, ushbu ishda
matematika darslarida “To’rt bo’yoq muammosi”ga oid masalalarning muhim ahamiyatini
yoritishni maqsad qilib oldik.
Rang insonni nafaqat shodlantiradi, balki uni g’azablantirishi, tashvishga solishi, g’amgin
qilib qo’yishga ham qodir. U ruhiyatimizga katta ta’sir ko’rsata oladi.
Ba’zi ranglar xotirjamlik bersa, boshqalari aksincha, tashvishga soladi. Yashil, havorang,
ko’k ranglar tasalli beradi, pushti, qizil, sariq, olov ranglar esa asabni qo’zg’atuvchi ranglar
turkumiga kiradi.
Bayram tantanalarida ranglar yanada ulkan ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, qizil rang –
tantanavorlik va buyuklikni, qora rang – g’am – g’ussani, oq rang – ozodlik va
benuqsonlikni, yashil rang – orzu - umidni bildiradi.
I. Gyote shoir sifatida ishonarli qilib ranglar ta’siri ustida tadqiqot o’tkazdi va yashil
rangda saxiylik, tinchlantiruvchi, ko’z va ruhni dam oldiruvchi xususiyatlar mavjudligi: ko’k
rangda sovuq ayozni eslatuvchi, qizil rangda dahshatga soluvchi xususiyat bor ekanligini o’z
kechinmalarida seza oldi.
2
I. Gyote bir manzaraning o’zini yashil, sariq, qizil va shu kabi rangli shishalar orqali
ko’zdan kechirib, odamning ruhiy holati o’zgarishlarini kuzatib, qizil rang va uning turli
birikmalari – qo’zg’atuvchi, qizdiruvchi, jonlantiruvchi, faollashtiruvchi, quvvatbaxsh, sariq
rang – iliq, tetiklantiruvchi, quvontiruvchi, jozibador, olov rang – quvnoqlik, xurramlik,
alangali va xayrli sezgilarni keltirib chiqaradi, deb hisoblanadi. Yashil rang va uning boy
birikmalari osoyishtalik, bahuzurlik va tinch kayfiyat baxsh etadi. Ko’k rangni olaylik, u
jiddiylik, musibat, g’am – g’ussa, ko’ngilchanlik va osudalikni anglatadi. Binafsha rang, qizil va
ko’k ranglar keltiradigan hissiyotlar birikmalari bilan ta’sir etib, ayni bir paytda o’ziga jalb qilib,
quvontiradi.
Bolada rang tushunchasi (yashil ko'kat, zangori daryo, sariq quyosh, qizil gul va h.k.)
qanchalik tor bo’lsa, u ulg’aygunga qadar “bolalarcha idrok” qamrovida qolaveradi. Aksincha,
rang birikmalarining xilma - xillik doirasi kengaya borgan sari, idrokning tahlil qilish xususiyati
ziyraklashadi va tanlov imkoniyatlari ham oshib boradi.
Shularni hisobga olgan holda ushbu ishda matematika darslarini tashkil etishda
ranglarning insonning ruhiy holatiga ta’sirini aniq tushungan holda dars materiallarini
ko’rgazmali tashkil etishda va yoshlarning matematikaga qiziqishlarini uyg’otishda,
rivojlantirishda, fan asoslarini o’zlashtirishda o’qituvchi e’tibor berishi muhim deb hisobladik.
Masalan, 2-sinf Matematika darsligining 97-betidagi masalani yechish bo`yicha o’z
tavsiyalarimizni bayon qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |