13-Mavzu: O‘ZGARUVCHANLIК QONUNIYATLARI. MODIFIКASION
VA MUTASION O‘ZGARUVCHANLIК.
Reja.
1. O‘zgaruvchanlik xillari va o‘rganish usullari.
2. Mutasion o‘zgaruvchanlik.
3. Irsiy o‘zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni.
4. Modifikasion (fenotipik) o‘zgaruvchanlik.
Adabiyotlar. 1, 2, 4, 5, 7, 10, 13.
O‘zgaruvchanlik deyilganda barcha tirik mavjudodlarning o‘zgarishi
tushuniladi. O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar
paydo bo‘ladi,yoki qandaydir bor bo‘lgan belgi yo‘qoladi. Har bir populyasiyada
ayrim organizmlar har xil belgilari bilan va xususiyatlari bilan bir-biridan farq
qilib turadi. Bitta turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi farq uning genotipining
o‘zgarishi bilan yoki tashqi muhit ta’sirida yuzaga chiqishi mumkin.Shunga
ko‘ra, o‘zgaruvchanlik ikkiga ya’ni irsiy va irsiy bo‘lmaganga ajratiladi.Irsiy
o‘zgaruvchanlik genotipining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun bu
o‘zgaruvchanlikni genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik
o‘zgaruvchanlik ikki xil bo‘ladi; kombinativ, mutasion. Кombinativ
o‘zgaruvchanlik uch xil yo‘lda hosil bo‘lishi mumkin.Shundan ikki yo‘li meyoz
jarayoniga bog‘liq bo‘lib,gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi va
anafazada ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifiy ravishda ajralishi
natijasida sodir bo‘ladi. Uchinchi yo‘li esa urug‘lanish jarayonida tuxum
hujayrani qaysi urug‘ hujayra urug‘lantirishga bog‘liq. Mutasion o‘zgaruvchanlik
organizm genlari va xromosomalarining sifat va son jihatidan o‘zgarishi
46
natijasida yuzaga keladi.
Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikda esa genotipda o‘zgarish sodir
bo‘lmasdan faqat fenotip o‘zgaradi.Shuning uchun bu o‘zgaruvchanlikni
fenotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi.
O‘zgaruvchanlikni o‘rganishda oliy matematikaning bir bo‘limi bo‘lgan
variasion statistika qo‘llaniladi.Variasion statistikaning nazariy asosi katta
raqamlar va ehtimollar nazariyasidir.
O‘zgaruvchanlik xillari.
O‘zgaruvchanlik
Fenotip Genotip
modifikasion tasoddifiy Generativ Somatik
kombinativ kombinativ mutasion
mutasion
Genom mutasiyalari xromosoma gen mutasiyalari
mutasiyalari
tushib ortib
poli- aneup- xromoso- bitta qolish ketish
ploidiya loidiya malararo xromo- lik lik
somada
gaploidiya almashib
qolishlik
simmetrik assimmetrik inversiya yetishmov- ortib ke-
translokasiya translokasiya chilik tishlik
(delesiya) (duplikasiya)
Bu usul yordamida har xil populyasiyalarda (zot, poda, liniya va oila)
belgilarning
o‘zgaruvchanlik
darajasi,belgilarning
o‘rtacha
qiymatlari,
belgilarning o‘zaro bog‘liqligi va naslga berilish darajalari aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari bu usul yordamida belgilarga allel bo‘lmagan dominant genlar
ta‘siri, allel genlarning o‘zaro ta‘siri, o‘rtacha naslga berilishi, o‘ta dominantlik
va boshqa ta’sirlar o‘rganiladi.
Biometrik usul o‘zgaruvchan belgilar bilan ish ko‘radi. Belgilar, o‘z
navbatida, miqdor va sifat belgilariga bo‘linadi. Miqdor belgilar o‘lchash va
hisoblash yordamida o‘rganilib, raqam-lar bilan ko‘rsatiladi. Sifat belgilarga
hayvonlar rangi, shox va quloqlar shakli va boshqalar kiradi. Sifat belgilari so‘z
bilan ifodalanadi.
Mutasiya degan tushunchani fanga birinchi bo‘lib Gollandiyalik genetik
G.De-Friz kiritdi. U ko‘p yillar davomida o‘simliklarda uchraydigan
mutasiyalarni o‘rgandi. Кuzatishlarni xulosalab, 1901- 1903 yillari o‘zining
mutasion ta’limotini yaratdi.Uning ta’rifiga ko‘ra mutasiya - bu irsiy belgilarning
keskin o‘zgarish hodisasidir. Ushbu mutasion ta’limotda ilgari surilgan g‘oyalar
quyidagilardir: 1) mutasiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi: 2) mutasiya natijasida
47
hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir: 3) mutasiyalar irsiy bo‘lmagan
o‘zgaruvchanlikdan farqi o‘laroq, o‘zgaruvchanlikning o‘rtamiyona shakli
tevaragida uzluksiz qator-hosil qilmaydi. Chunki mutasiya natijasida sifat
jihatidan o‘zgarish sodir bo‘ladi. 4) mutasiyalar har xil ko‘rinishda paydo bo‘lib,
foydali va zararli bo‘lishi mumkin: 5) mutasiyalarning uchrash ehtimoli
o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq: 6) o‘xshash mutasiyalar bir necha marta
paydo bo‘lishi mumkin.
Mutasiyalarning quyidagi xillari mavjud.
I.Genomning o‘zgarish xususiyatiga qarab;
Dostları ilə paylaş: |