63
b) sitoplazmadagi ribosomalar va A-RNК ishtrokida maxsus oqsillar
sintezlanishi.
v) oqsil malekulasining morfofiziologik qayta tuzilishi natijasida organizm
hujayrasi, belgi va xususiyatlarining rivojlanishi.
Oqsil
malekulasini
sintezlanishida
genlar
ta’sirini
o‘rganish
mikroorganizmlarda olib borilgan.
Кo‘p yillik ilmiy izlanishlar organizm belgi va xususiyatlarining
shakllanishi genlar nazoratida yuzaga chiqishini isbotladi. Ota-onadan avlodga
genlar jinsiy hujayradagi xromosomalar orqali o‘tadi. Har bir gen biror belgini
rivojlanishini nazorat qiladi. Lekin soni ko‘p bo‘lib, ba’zan allel emas genlar
o‘zaro ta’sirida yangi belgi va xususiyatlar ham namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, har bir yangi avlodda belgilar rivojlanishi genlar ta’sirida
yangilanadi. Irsiy axborot genotipdan fenotipga tomon, gendan belgiga hujayra
bo‘linishi, oqsil sintezi jarayonida yuz beradi. Xozirgi vaqtda ham genetikaning
muhim masalalardan biri – organizm individual rivojlanishini bilish va
boshqarish bo‘lib kelmoqda. Buning uchun reaksiya normasi, xilma-xil tashqi
muhit faktorlarining genotipni namoyon bo‘lishga ta’sirini o‘rganish zarur.
Savollar:
1.
Individual rivojlanish tushunchasining mohiyatini ochib bering.
2.
Genotip va fenotik gen, genom tushunchasini ta’riflab bering.
3.
Genlarni tabaqalanishi qanday yuz beradi.
4.
Ontogenez nima, alohida misollar bilan tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: