5. Populyasiyalarga mutasiya va migrasiyaning ta’siri, genetiko-avtomatik jarayon.
1) Populyasiya va sof liniya tushunchasi 1907 yilda Iogannsen tomonidan
taklif qilingan. Populyasiya bir turga kiruvchi, ma’lum territoriyada tarqalgan va
boshqa populyasiyalardan ajralgan holda ko‘payuvchi hayvonlar va o‘simliklar
gruppasidir. Populyasiyalar turning bir qismi bo‘lib, yovvoyi va madaniy
oladi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklarda sof liniya olish uchun bir o‘simlikni
64
kamida 8 bo‘g‘in davomida sun’iy ravishda changlaydilar.
Sof liniya populyasiyadan gomozigotlik darajasi ya’ni o‘xshash genotipga
ega bo‘lgan o‘simliklardan tashkil topganligi bilan ajralib turadi. Lekin sof
liniyada gomozigotlik xech qachon to‘liq bo‘lmaydi, chunki liniyaning genetik
o‘xshashligi tabiiy mutasiyalar natijasida o‘zgarib turadi.
Hayvonlarda sof liniyalar bo‘lmaydi. Qon-qarindosh juftlash natijasida
gomozigotlik oshgani bilan, bolalarda mahsuldorlik va xayotchanlikning keskin
pasayishi
ko‘rinadi.
Shuning
uchun
chorvachilikda
bunday
liniyalar
yaratilmasdan ko‘pincha zot va podalarni urchitishda populyasiyalar bilan ish
olib boradilar.
Populyasiyada
genotiplarning
har
xil
bo‘lishi va sof liniyada
organizmlarning bir xil tanlanishini har xil natijaga olib kelishini birinchi marta
Iogannsen aniqladi. Iogannsen 6 yil davomida har xil liniyalarda loviya donning
yirikligi bo‘yicha tanlash olib borganda hech qanday olg‘a siljish bo‘lmadi.
Olingan avlodlar doimo liniyaning o‘rtacha ko‘rsatgichiga qaytganligi, ya’ni
regressiya xodisasi kuzatildi. Shunday qilib genotipik o‘zgaruvchanlik
bo‘lmaganda, tanlash natija bermasligi aniqlandi.
Populyasiya va sof liniyalarda tanlash natijasi keskin farq qilishining sababi
ularning irsiy jixatdan har xil tuzilishidir. Populyasiyada o‘zgaruvchanlik juda
katta bo‘lib u ikki qismdan, ya’ni irsiy va noirsiy o‘zgaruvchanlikdan iboratdir.
Sof liniyadagi o‘zgaruvchanlik asosan tashqi muhit faktorlari ta’sirida ro‘y
beradigan fenotipik o‘zgaruvchanlikdir. Bu o‘zgaruvchanlik naslga berilmasligi
aniqlandi. Tanlash asosan genotipik o‘zgaruvchanlik bilan ish ko‘radi.
Populyasiya
genetikasi
muammolarini
rivojlantirishda
S.Rayt,
S.S.Chetverikov, N.P.Dubinin, D.D.Romashev va boshqalarning xizmati katta.
Populyasiya genetikasi erishgan yutuqlar evolutsiya qonuniyatlarini bilishga
yordam beradi va shu bilan birga qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklari
genetikasini o‘rganishda ham katta rol o‘ynaydi.
Erkin
ko‘payuvchi barcha hayvonlar va ko‘pchilik o‘simliklar
populyasiyalarida evolutsion jarayon o‘ziga xos qonuniyatlar asosida kechadi.
2) Angliya olimi Xardi va nemis vrachi Vaynberg (1908) erkin ko‘payuvchi
populyasiyada tanlash olib borilmasa, tenglikning saqlanishini ya’ni bo‘g‘indan
bo‘g‘inga genotiplar nisbati o‘zgarmasdan qolishini aniqladilar. Bu nisbat
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
p
2
AA 2pqAa q
2
aa 1, bu yerda
Dostları ilə paylaş: