132-mashq.
Bir nomni boshqacha nomlash bilan
ajratilgan bo‘laklarni aniqlang
1. Komil buvaning uyi shu yong‘oqzorning ichida — Bo‘rijarning qoq
ustida emish. 2. Dadam harsillab nafas olib, narigi tomonga — pastga
tushdi. 3. Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o‘tirib choy
ichdik. Dadam sharqirab oqib yotgan ariq bo‘yida, bir tup
sadaqayrag‘och tagida to‘xtadi. 4. Chindan ham bomba ancha orqaga
— o‘rmonzorga borib tushadi. 5. Yangi yil kechasi — nemislar mast-
alast bo‘lib Rojdestvo bayrami qilayotganida hujumga o‘tdik! 6. Endi
u rosmana raisga — Umar zakunchiga aylangan edi. 7. Ochil akaning
daftari ancha nariga — o‘tlar ustiga otilib ketgan, varaqlari ochilib, xira
oydinda oqarib ko‘rinardi. 8. Biz — er-xotin yog‘ zavodida ishlaymiz.
9. Qo‘zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to‘rt qadam orqaga,
Sherzod cho‘nqayib o‘tirgan doska tomonga tisarildi.(O‘ Hoshimov)
Uyga vazifa:
Savol va
topshiriqlar
1.Ajratilgan aniqlovchili gaplarga misollar yozing.
2.Ajratilgan izohlovchili gaplarga adabiyot darsligidan 5 ta gap topib
yozing.
3.Ajratilgan bo‘laklar qaysi xususiyati bilan uyushiq bo‘laklarga
o‘xshaydi?
4.Ma’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish vazifasini bajaruvchi
bo‘laklarga misollar keltiring.
5.Ma’lum bir bo‘lakning umumiy ma’nosini konkretlashtirish, tushunarsiz
ma’nosini tushuntirish vazifasini bajaruvchi bo‘laklarga misollar yozing.
6.Bir nomni boshqacha nomlash bilan hosil bo‘lgan bo‘laklarga misollar
ayting.
7.Ajratilgan bo‘laklarning nutqimizda qanday ahamiyati bor?