Afg'on urushi esa davlatning busiz ham og'ir iqtisodiy va siyosiy ahvoliga
qattiq zarba berdi. Butun bir sosialistik tizim chuqur islohotsiz yashashga
noqobil ekanligini yaqqol ko'zga tashlandi va shunday islohot 1985 yil
aprelda «qayta qurish» nomi bilan boshlandi. Ko'rinishidan yuzlab
millatlarni porloq kelajak yo'lida birlashtirgan Ittifoq qayta qurishning
birinchi zarbalaridanoq parcha-parcha bo'lib ketdi. Olma-ota, Boku, Tbilisi,
Vilnyus shaharlarida bo'lib o'tgan voqealar SSSR ning millatparvarlik
siyosatning shunchaki yuzaki ekanligini ko'rsatish bilan birga demokratik
jarayonlarning tezlashishiga sabab bo'ldi.
Vatanimiz O'zbekiston ham ushbu voqealardan chetda qolgani yo'q. Asrlar
davomida orzu qilingan, kurashib kelishgan mustaqillikka erishish uchun
imkoniyat vujudga keldi. Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik shart edi. 1989 yil
21 oktabrda Respublika Oliy Kengashi davlat tili to'g'risidagi qonunni qabul
qildi. Davlat tili to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi O'zbekistonning mustaqillik
uchun qo'ygan ilk qadami edi. «Qizil imperiya» davrida yagona sovet xalqini
shakllantirish orzusi o'zbek xalqining ma'naviyati, milliy urf-odatlari bilan birga
tiliga ham katta ziyon yetkazdi. Yetkazilgan ma'naviy ziyonlar tahlil qilinganda
davlat tili to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi naqadar katta ahamiyatga ega
ekanligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Buning ustiga qiyin, lekin sharafli yo'lga
birinchi qadam qo'yildi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 1989 yil 20
sentabrdagi KPSS Markaziy Komiteti Plenumida «Biz Ittifoq va respublikalarning
2
vazifalarini, burchlarini va o'zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo'yish,
respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», deb
ta'kidlashi O'zbekiston o'ziga mustaqillik yo'lini tanlaganini yana bir bor ko'rsatdi.
Ittifoqda esa «buyuk rus shovinizmi», qog'ozbozlik, byurokratik tartib, turli
xil iqtisodiy va ijtimoy cheklovlar o'z natijalarini ko'rsatib mamlakat og'ir ahvolga
kelib qoldi. SSSR hukumati inqirozdan chiqish yo'lini topa olmas, xalqning esa
turmush darajasi xavfli darajada pasayib bormoqda edi. Xalq orasida
ishonchsizlik kayfiyati vujudga kelib, hukumatning obro'si tushib ketdi.
O'zbekistonda esa ittifoqdan farqli iqtisodiga oid muhim tadbirlar amalga
oshirilmoqda edi. 1989 yil 25 noyabrda bo'lib o'tgan O'zbekiston SSR Oliy Soveti
sessiyasida «O'zbekiston SSRni iqtisodiy- ijtimoiy rivojlantirishning 1990 yilgi
davlat rejasi to'g'risida»gi masalaning muhokama qilinishi ham shundan dalolat
beradi.
Siyosiy sohada ham katta o'zgarishlar yuz bermoqda edi. 1990 yil 23 martda
O'zKPMK Plenumida amaldagi hokimiyatni O'z KPdan xalq deputatlari
sovetlariga berish, prezidentlik lavozimi va suverinitet masalalari ko'tarildi. 1990
yil 24 martdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining sessiyasida vatanimiz
tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis etish to'g'risida qaror qabul
qilindi. Sessiyada yakdillik bilan O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning O'zbekiston SSR Prezidenti etib saylash to'g'risida qaror qabul
qildi. Bularning barchasi osonlik bilan kechgani yo'q, chunki Moskvaning
qarshiligi juda kuchli edi. L.Levitin va D.S. Karlaynlar shunday eslaydilar:- 1990
yilning mart oyida u (Islom Karimov -muallif) o'sha paytdagi ittifoqdosh
respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo'lib, Prezidentlikka saylandi.
Moskva buni juda yomon qabul qildi. Gorbachev ochiqdan-ochiq g'azablandi.
Karimovdan qutilish uchun, uning o'zining (I.Karimovning -muallif ) gapiga
qaraganda tazyiqning barcha yo'llaridan foydalanib ko'rishdi. Gorbachev uni
o'taketgan amalparast deb aybladi. Bu vaqtda, men ishonamanki, Karimov
haqoratlangan va ho'rlangan O'zbekistonning obro'sini ko'tarish xaqida uylardi va
bu kurashda Karimov o'zi va xalqi uchun hamma narsaga tayyor yo'lboshchi
sifatida g'olib chiqdi»( L.Levitin, S.Donald, Korlayn. Islom Karimov - yangi
O'zbekiston Prezidenti. Toshkent. 1996 yil.).
O'zbekiston tarixidagi asosiy voqealardan biri 1990 yil 20 iyunda sodir bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida «Mustaqillik
deklarasiyasi» qabul qilindi.
3
Deklarasiya qo'yidagi so'zlar bilan boshlangan edi: «O'zbekiston Sovet
Sosialistik Respublikasi Oliy Soveti:
O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy
an'analari;
Har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat
oliy maqsad haqqi;
Har bir kishining farovon turmush kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb
bilgan holda;
O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy ma'suliyatni chuqur his etgan
holda;
Xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya
prinsiplariga asoslanib, O'zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasining davlat
Mustaqilligini e'lon qiladi» (Mustaqillik deklerasiyasi. O'z.SSR Oliy Sovetining
ikkinchi sessiyasida qabul qilingan. Toshkent. 1990 yil.).
Shu kundan e'tiboran O'zbekistonga tegishli bo'lgan barcha siyosiy va
iqtisodiy masalalar mustaqil tarzda hal etilishi kerak edi.
Siyosiy sohadagi sifat o'zgarishidan yana biri 1991 yil 17 martda yuz berdi.
Shu kuni umumxalq referendum o'tkazildi. Referendumdagi asosiy byulitenlardan
biriga O'zbekiston (Ittifoq respublikalari orasida faqat respublikamiz) da
«O'zbekiston yangilanayotgan ittifoq (federasiya ) tarkibida mustaqil, teng huquqli
Respublika bo'lib qolishga rozimisiz?» - degan savol kiritilgan edi. Mustaqillik
uchun ovoz beruvchilar soni 9.215.571 tani ya'ni umumiy saylovda
qatnashganlarning 93,9 foizini tashqil etdi. Referendum natijalari Respublika
rahbariyati va O'zbekiston xalqining birdamligini hamda tanlagan yo'limizning
to'g'riligini oshkor etdi.
O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi 1991 yil 22 iyunda xalqning
qo'llab -kuvvatlashiga tayangan holda Mustaqillik deklerasiyasiga asoslanib
«O'zbekiston SSR hududida joylashgan ittifoqqa bo'ysunuvchi davlat korxonalari,
muassasalari va tashqilotlarini «O'zbekiston SSRning huquqiy tabeliga o'tkazish
to'g'risida» qaror qabul qildi.
Iqtisodiy ahvol ittifoqda bo'lganidek juda og'ir edi. Aholining turmush tarzi
pasayib ittifoqka nisbatan ishonch kun sayin susaydi. 1991 yil fevralda Toshkent
Siyosatshunoslik va Boshqaruv Instituti Toshkent, Samarkand va Farg'ona
shaharlarida 10 sanoat korxonasida 400 kishi bilan sosialogik so'rov o'tkazdi.
Natija shuni ko'rsatdiki, so'ralganlarning 67,8 foizi mamlakatdagi iqtisodiy
4
ahvolning yaxshilanishiga ishonmagan, 72 foizi odam hayotdan qoniqmayotganini,
faqat 4,5 foiz kishi umumittifoq idoralariga ishonishini, 32,5 foiz ishchilar esa
Respublika davlat idoralariga ishonch bilan qarashlarini bildirganlar.
Shunday bir vaziyatda Ittifoqda ijtimoiy-siyosiy uch yo'nalishdagi kuchlar
manfaatlari to'qnash keldi:
1) SSSRni saqlab qolish, iqtisodiy rivojlanishning sosialistik yo'lidan voz
kechmaslik, markazdan boshqaruv tarafdorlari bo'lgan - birinchi kuchlar
(platforma).
2) SSSRni tarqatib yuborish, suveren, mustaqil respublikalar ittifoqini tuzish,
xususiylashtirish, umuman, sosialistik yo'ldan voz kechish tarafdori bo'lgan -
Shatalin S. dasturi tarafdorlari.
3) SSSR ni saqlab qolish, murosa qilish, markazlashtirishdan voz kechmaslik,
«Shokovaya terapiya» tarafdori bo'lgan - M. S. Gorbachev platformasi.
1991 yil 19 - 21 avgust kunlari Moskvada Favqulodda holat davlat komiteti
(GKCHP) tomonidan davlat to'ntarishiga urinish yuz berdi. GKCHPchilar
noqonuniy ravishda aholining orzu umidlariga to'sqinlik qilish, respublikalar
mustaqilligini bo'g'ish va ilgarigidek «qizil imperiya» ga qaytish maqsadida
hokimiyatni qo'lga olmoqchi bo'ldilar. Demokratiya havosidan nafas olgan, eskilik
sarqitiga qaytishni xohlamagan xalq demokratik kuchlar timsolida g'alaba
qozondi.
1991 yil 19 avgust kuni Hindiston safaridan qaytish bilan O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov voqealarga nisbatan O'zbekiston
nuqtai-nazarini bildirdi: «Markazda kim bo'lishidan qat'iy nazar, qonunga xilof
ko'rsatmalar bajarish mumkin emas». O'zbekiston Prezidenti Farmoni bilan
favqulotda holat davlat komitetining g'ayrikonstitusiyaviy huquqka qarshi qarorlari
va boshqa ko'rsatmalari noqonuniy deb e'lon qilindi. Markaz va respublikalar
o'rtasidagi munosabatlar yanada taranglashdi. Ahvol shunday ediki, faqatgina
mustaqillik bilangina iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy krizisdan chiqish mumkin edi.
Shu maqsadni ko'zlab 1991 yil 31 avgustda chaqirilgan respublika Oliy Kengashi
XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi o'z ishini boshladi. Sessiyadagi asosiy
masala «O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risida»gi qonun
edi. Qonun moddama-modda muhokama qilindi. Unda Respublikaning suveren
mustaqil davlat ekanligi, xalq hokimiyati, ma'muriy boshqaruvi, hokimiyatning
uch tarmoqka bo'linishi, iqtisodiy asoslari, respublika fuqaroligi, davlat ramzlari,
Qoraqalpog'iston bilan munosabati, tashqi siyosati xaqidagi masalalar o'z o'rnini
topgan edi. O'zbekiston SSR O'zbekiston Respublikasi nomi bilan suveren
5
mustaqil davlat deb e'lon qilindi. Mustaqillik belgilangan kun - 1 sentabr 1991
yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. 1991 yil 18
dekabrdagi mustaqillikni xalq tomonidan mustahkamlash maqsadida Oliy Kengash
IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Referendumini o'tkazish to'g'risida qaror
qabul qilindi. Referendum 1991 yil 29 dekabrda o'tkazilib shunday savol qo'yildi:
«Siz Oliy Kengash tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon
qilinishini ma'kullaysizmi?» Umumxalq referendumi saylov ro'yxatiga
olinganlarning 94,1 %i (9,898,707 kishi) ishtirok etdi. Respublika Mustaqilligini
yoqlab 9,718,155 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 % i ovoz berdi.
Dostları ilə paylaş: |