TAYANCH IBORALAR:
1. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov -
I.A.Karimovning hokimiyat tepasiga kelishi. Mustaqillik yo'lida olib borilgan
kurashlar. Mustaqil O'zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo'lini belgilab olishida
I.A.Karimovning xizmatlari.
2. Mustaqillik - O'zbekistonning milliy mustaqillikni qo'lga kiritishi, uning jahon
hamjamiyati tomonidan tan olinishi va uning tarixiy ahamiyati.
3. Konstitusiya - O'zbekiston Respublikasi asosiy qonuni-Konstitusiyasining qabul
qilinishi. Konstitusiyamizning mazmuni, mohiyati va uning Respublikamizda
huquqiy davlat tizimini shakllantirishdagi ahamiyati.
4. Davlat ramzlari - Mustaqil O'zbekistonda mustaqil davlat ramzlari (gerb,
bayroq, madhiya)ning qabul qilinishi. Davlat ramzlarnining mustaqillikni
mustahkamlashdagi o'rni.
5. Referendum - 1991 yil 29 dekabrda o'tkazilgan umumxalq referendumi.
Referendum o'tkazishning zaruriyati va uning natijalari.
6. Demokratiya - Uning tamoyillari. O'zbekistondan demokratik davlat asoslarini
barpo qilinishi.
7. Mustaqillik deklarasiyasi - Mustaqillik deklarasiyasining qabul qilinishi, uning
mazmuni, mohiyati va Konstitusiyaning yaratilishidagi ahamiyati.
8. «O'zbek modeli» - Mustaqil O'zbekistonda «O'zbek modeli» ning ishlab
chiqilishi va uning dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinishi.
9. MDH - Sobiq ittifoq parchalangandan so'ng Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi
(MDH) ning tashkil etilishi va unga a'zo respublikalar bilan keng ko'lamli aloqalar.
24
10. Tashqi siyosat - Mustaqil O'zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi
siyosati va uning asosiy tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: |