O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/583
tarix13.05.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#115873
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   583
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o

 
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 
Amaliy  mashg’ulotlarda  o’quvchilar  o’quv  jarayonida  olgan  nazariy  bilimlarini 
mustahkamlaydilar, alohida yordamga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan muassasalar, ulardagi 
ta’lim-tarbiya  jarayonining  o’ziga  xos  tomonlari  bilan  tanishadilar.  Eshitishida,  ko’rishida, 
harakat-tayanch  a’zolarida,  nutqida  nuqsoni  bo’lgan  bolalar,  psixik  rivojlanishi  sust,  aqli  zaif 
bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar. 
Amaliy  mashg’ulot nazariy  bilimlarni amalda   qo’llashga o’rgatadi. Amaliy  mashg’ulotda 
maxsus  muassasalarda  ta’lim-tarbiya  ishlarining  tashkil  etilishi  amalda  kuzatiladi,  nazariy 
bilimlar  mustahkamlanadi,  o’quvchilar  mustaqil  ravishda  adabiyotlar  ustida  ishlab,  o’z 
o’rganganlarini  auditoriyada  o’qituvchining  rahbarligida  muhokama  etishga  o’rganadilar, 
alohida  yordamga  muhtoj  bolalarning  ta’lim-tarbiyasiga  oid  hujjatlar,  adabiyotlar  bilan 
tanishadilar. 
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari: 
Nuqsonli  bolalar  uchun  tashkil  etilgan  muassasalarda  ta’lim  jarayonining  o’ziga  xosligi. 
Ko’r  va  zaif  ko’ruvchi  bolalar  bilan  tanishtirish.  Kar,  zaif  eshituvchi  bolalar  bilan  tanishtirish. 
Maxsus muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni mazmuni. 
Autizm  sindromiga  ega  bo’lgan  bolalarning  ta’lim  tarbiya  jarayonining  o’ziga  xos 
xususiyatlari  
Og’ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida olib 
boriladigan  ishlar.  Harakat-tayanch  a’zolari  jarohatlangan  bolalar  uchun  tashkil  etilgan 
maktabgacha ta’lim olib boriladigan ishlar, ularning o’ziga xosligi. 
 Aqli  zaif  bolalar  uchun  tashkil  etilgan  muassasalar.  Yordamchi  MTM  va  undagi  ta’lim-
tarbiya  jarayoni.  Daun  sindromli  bolalar  va  ular  bilan  olib  boriladigan  korreksion-tarbiyaviy 
ishlarning mazmuni. 
O’zbekistonda  maxsus  yordamga  muhtoj  bolalar  uchun  tashkil  etilgan  muassasalar  va 
ularga  bolalarni  qabul  qilish  qoidalari.  Psixologik-pedagogik  va  tibbiy-logopedik  komissiya  va 
uning  faoliyati.  O’quvchilarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  va  psixologik-pedagogik  tashxis 
markazi va uning faoliyati.  

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   583




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin