O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Fanning asosiy vazifalari:
talabalarning tadbirkorlik sohasidagi ma’naviyatini shakllantirish va huquqiy
tarbiyasini tarkib toptirish, ko’nikmalarini o’rgatish;
tadbirkorlikni rivojlantirish, rag’batlantirish, unga keng yo’l berish, tadbirkorlik
faoliyatini kafolatlash to’g’risidagi ko’pgina qonun va farmonlarni, ya’ni tadbirkorlikning
huquqiy, me’yoriy va tashkiliy asoslarini;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish jarayonlarini,
biznesni amalga oshirish bosqichlari, biznesdagi axloq madaniyati, biznes-rejani tuzish
qoidalarini mukammal bilish;
tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tartibi, soliqlarning iqtisodiy mohiti va
amal qilish xususiyatlari, soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi;
inson resurslarini boshqarish tizimi jarayonida ishga joylashtirishning zamonaviy
usul va texnologiyalarini o’rgatish;
bitiruvchilarning yuqori darajada raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning kasbiy
salohiyatini oshirish;
kelgusidagi kasbini rejalashtirishni o’rgatish, ish izlashda aniq maqsad va rejalarni
belgilay olishi;
axborot izlash ko’nikmalarini; ish beruvchi bilan bo’ladigan suhbatda o’z
imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga; tarjimai xol va yo’llanma xatlarni yaratishga o’rgatish;
suhbat davomida yaxshi taasurot qoldirish, ish joyiga muvaffaqiyatli joylashish
bilan bog’liq psixologik usullarni o’rgatish;
jahon andozalari darajasida olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay bilish va
boshqalar.