2. ASOSIY QISM
I-Mavzu: Nima uchun aynan tadbirkorlik?
Tadbirkorlik tushunchasi va uning mohiyati. Tadbirkorlikning jamiyat uchun muhimligi.
Biznesdagi tadbirkorlik bilan bog’liq qo’lga kiritilgan yutuqlar va yo’qotishlar. Biznesdagi
tadbirkorlikning zaruriyati. Biznesda tadbirkorlikning vazifalari biznesdagi tadbirkorlik
xarakterining qirralari. Tadbirkorlik yo’nalishiga ega bo’lgan jamiyat. Jamiyatda kichik
korxonalarni paydo bo’lishiga tadbirkorlikning o’rni. Alohida shaxslar va umuman jamiyatning
iqtisodiy maqsadlari. Tadbirkorlarning zaruriy harakatlari. Tadbirkorlik qarorlarini qabul qilish.
Qaror qabul qilish jarayoni to’g’risida umumiy qarashlar. Qaror qabul qilish jarayonida ilk
qadamlar. Qaror qabul qilish rejasi. O’z-o’zini band qilish, uning mazmuni. O’z-o’zini
bandlikning o’ziga xos ustunliklari va muammolari. Biznes bilan shug’ullanish foydasiga
xulosalar. Kishi tomonidan tanlangan ish faoliyatining yashash joyi, manfaatlariga ta’siri. O’z-
o’zini band etishning ustunliklari va cheklovchilari, ularning shakllari.
II-Mavzu: Biznes g’oya – biznesni asosi
G’oyalar generatsiyasi. Tadbirkorlik g’oyasi, uning tavsifi, mazmuni. Tadbirkorlik
g’oyasi manbalari. Biznes kontseptsiyasi. Ijodkorlik. Aqliy hujum, uning tavsifi va mazmuni.
Tadbirkorlik g’oyasi generatsiyasi: manbalari, turli qiziqishlar; shaxsiy ko’nikma va tajribalar;
franshiza; ommaviy axborot vositalari; ko’rgazmalar; tadqiqotlar olib borish; xaridorlarning
shikoyati va ularning ijobiy natijalari; aqliy hujum. Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlarini
aniqlash va baholash. Tadbirkorlik imkoniyati, uning mazmuni. Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatini
o’ziga xos xususiyatlari. Yaxshi tadbirkorlik imkoniyatini amalga oshirishda sanoat va bozor
holatining roli. «Imkoniyatlarini amalga oshirish darchasi»ni davomiyligi. Tadbirkorning shaxsiy
maqsadi va qobiliyati. Menejerlar komandasining sifati. Raqobat muhiti. Kapital, texnologiya va
boshqa resurslarga ehtiyoji. Atrof-muhit va infratuzilmaning holati. Texnik-iqtisodiy asosnoma
va biznes-reja.
Dostları ilə paylaş: