O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
VII-Mavzu: Tadbirkorlik subektlarini soliqqa tortish asoslari
Soliq tizimining mohiyati. Soliq tizimini guruhlanish tartibi. Soliqlar va soliqqa
tenglashtirilgan majburiy to’lovlarning guruhlanishi: iqtisodiy mohiyatiga ko’ra (to’g’ri va egri
soliqlar); byudjetga tushishiga ko’ra (umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlar); soliq to’lovchilari nuqtai nazaridan (yuridik shahslardan va jismoniy
shaxslardan olinadigan soliqlar). O’zbekiston Respublikasida soliq tizimi. Yuridik shaxslarni
soliqqa tortish tartibi. Yuridik shaxs tushunchasi. Yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi
rezidenti va norezidentlariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari. Yuridik shaxslardan
undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tarkibi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish
tartibi. Jismoniy shaxs tushunchasi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish maqsadida 2 guruhga
bo’linishi: O’zbekiston Respublikasi rezidenti va norezidenti hisoblangan jismoniy shaxslarga
soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq turlari va ularga
tavsif. Jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy to’lovlar va yig’imlarning mazmuni. Soliqqa
tortishing soddalashtirilgan tizimi, yagona soliq to’lovi va undan kimlar foydalanishi mumkin.
Soliqqa oid qonunbuzarliklar va ularga nisbatan qo’llaniladigan jazo choralari. Soliq
qonunchiligi tizimida jazo choralari mohiyati va turlari.