Fanning maqsadi: O’quvchilarga bolalar ijodkorlarining ijodiy yo’lini ,ijodidagi she’rlarini,
hikoyalarini , asarlarini va ertaklarini tahlil qilishni va ifodali o’qishni o’rgatish
O’quv fanining vazifalari: -O’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq ozaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari, uning
taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-maktabgacha ta’lim yo’nalishi o’quvchilariga o’zbek bolalar adabiyoti namoyondalari va
ularning ijodi haqida yetarli bilim berish;
-bolalar adabiyotining paydo bo’lishi, bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan bog'liqligi
haqida tushuncha berish;
-o'quvchilarni xalq ozaki ijodi namunalarini tahlil eta olishga o’rgatish, shuningdek, ularni
yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga
muhabbat ruhida tarbiyalash.