O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
I.Kirish Ushbu fan dasturi kollej o`quvchilarini maktabgacha yoshdagi bolalarning ilk matematik
tushunchalarini rivojlantirish asoslari bilan tanishtirish, tushunchalarning aniq va mukammal
bo`lishi, bolalar tafakkurining –analiz va sintezi, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarishga o`rgatish,
bolalarning aqliy faolligini rivojlantirish, turli mantiqiy o’yinlardan foydalanish, mustaqillik
kabi aqliy malaka va ko’nikmalarga ega bo`lishga va bolalarni maktabda muvaffaqqiyatli
o`qishlari uchun tayyorlashga zamin yaratadi.Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun
tarbiyachilar tayyorlashda “Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning matematik tushunchalarni
rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” fanining o’qitilishi muhim axamiyatga ega.