shakllantirish. Nazariy:Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning kun qismlarini bir-biridan farqlashni
idrok qila bilishining o’ziga xos xususiyatlari.
Amaliy:Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o’tkazish. Kun
qismlarini farqlashda bolalarning kun davomidagi faoliyatining ahamiyati. “Bolajon” tayanch
dasturi taxlili. Mashg`ulotlar ishlanmalaridan namunalar.
5-bo`lim.MTM-da o`rta guruh yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish. 16-mavzu: O`rta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq haqidagi matematik tushunchalarini rivojlantirish Nazariy mashg`ulot:: O`rta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq haqidagi
tushunchalarini rivojlantirish. Mashg’ulotlarda ishni tashkil etish. O’qitish metodlari.
O’quv faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish. Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta)
predmetlarni va predmetlar yig’indisi (ko’p)ni mustaqil topa olish ko’nikmasi mustahkamlash. 5
gacha sanashni o’rgatish. Sonlarning miqdori predmetlarning fazoviy belgilariga bog’liq
emasligini ko’rsatish. Bolalar faoliyatining har xil turlarida sanoqning qo’llanilishi. Predmetlarni
sanab ajratish usullari. Turli analizatorlar yordamida idrok etiladigan to’plamlarni sanash.