O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Kirish Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlashda“Tasviriy faoliyat metodikasi”
faniningo’qitilishi muhim o’rin tutadi.Ta’limO’zbekiston Respublikasining“Ta’lim to’g’risida”gi
qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi. Fan tehnikani tez
suratlarda takominlashuvi hozirgi pedagoglar oldiga ulkan vazifalarni qo’yadi. Bolalarda
fikrlash doiralarini kengaytirish, analiz-sintez, taqqoslash, umumlashtirish shu bilan bir qatorda
kuzatuvchanlikni, nutqini va bilimga qiziqishlarini rivojlantirish lozim, bunda bo`lajak
tarbiyachilar MTM tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo`yilgan Davlat talablari” va “Bolajon” tayanch dasturi,“Bola shaxsiga yo`naltirilgan ta`lim”
asosida bilim berib boradilar. Ushbu dasturlarkollej o`quvchilarinitasviriy faoliyat metodikasi
bo`yicha tushunchalarini rivojlantirish asoslari bilan tanishtirishni ko’zlaydi. Unda MTM-larda
bolalarga kichik yoshdan tasviriy faoliyat asoslari bilan tanishtirishda predmetli va voqeaband
rasm chizish, plastilin (loy) bilan ishlash, applikatsiya, qurish-yasash, tasviriy san`at turlari
haqidagi masalalar qamrab olingan.