Nazariy mashg’ulot:Applikatsiyaga qiziqishni rivojlantirish, bunda turli tasviriy ifodalarni
yaratishga, applikatsiya imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga e`tibor berish. Bolalarni
qaychini to`g`ri ushlash va qirqish malakalarini rivojlantirish. Kyerakli jihozlarni stol ustida
tarqatish. Oilada bola bilan yakka ishlash xaqida ma’lumot berish.
Amaliy ish: Qaychini to’g’ri ushlash va uni ishlatishni, avval ensiz so’ngra enliroq tasmalarini
qirqishni, qirqilgan tasmalardan turli buyumlar tasvirini tuzish va yyelimlashni o’rgatish.
Alohida qismlardan tarkib topuvchi narsalar gilamcha, lagancha, likopcha, dastrumolcha
,o’simlik va gyeomyetrik shakllardan naqsh eskizini ishlash.
15-mavzu:Maktabgacha ta’lim muassasalari katta guruhlarida applikatsiya ishlari.