I. Kirish
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlashda “Tabiat bilan
tanishtirish metodikasi” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. Ta’lim O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari
asosida tashkil etiladi. Fan tehnikani tez suratlarda takomillashuvi hozirgi pedagoglar oldiga
ulkan vazifalarni qo’yadi. Bolalarda fikrlash doiralarini kengaytirish, ko`rgan-bilgan,
eshitganlari asosida bilimlarini umumlashtirish shu bilan bir qatorda kuzatuvchanlikni, nutqini va
bilimga
qiziqishlarini
rivojlantirish
lozim,
bunda
bo`lajak
tarbiyachilar
MTM
tarbiyalanuvchilariga “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari”
va “Bolajon” tayanch dasturi asosida bilim berib boradilar. Ushbu fan dasturi kollej
o`quvchilarini maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiat haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish
asoslari bilan tanishtirishni, bolalarning aqliy faolligini rivojlantirishni, turli tabiatga oid
o’yinlardan foydalanishni, mustaqil, aqliy malaka va ko’nikmalarni egallab olishlarini va
maktabda muvaffaqiyatli olgan bilimlari asosida o’qishlari uchun zamin yaratishni ko’zlaydi.
Dostları ilə paylaş: