Ja’mi:
142
100
65
35
42
V. O’quv fani mavzularining mazmuni
I-bo’lim. PSIXOLOGIYAGA KIRISH
1-mavzu: Psixologiya fanining predmeti
Nazariy mashg’ulot. Psixologiya haqida umumiy tushuncha. Psixologiya fanining ta`rifi va
psixika haqida tushuncha. Psixik qonuniyatlar: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik
holatlar, psixik hodisalar va ularning mazmuni. Kundalik turmush psixologiyasi va ilmiy
psixologiya. Psixologiya fanining tarixi. taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi turli
ta`limotlar.
2-mavzu: Psixologiya fanining vazifalari, tarmoqlari va fanlar tizimida tutgan o’rni
Nazariy mashg’ulot. Psixologiya fanining vazifalari, tarmoqlari. Psixologiya fanining fanlar
tizimida tutgan o’rni.
3-mavzu: Psixologiya fanining metodlari
Nazariy mashg’ulot. Metod haqida tushuncha. Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot
metodlari.
Tashkiliy, statistik, sharhlash, empirik metodlar tasnifi. Kuzatish va eksperiment metodi
- bola psixik rivojlanishini o’rganishning asosiy metodi sifatida.
Amaliy mashg’ulot. Bola psixikasini o’rganishning yordamchi metodlari. Empirik
metodlar - suhbat, test, sotsiometriya, faoliyat mahsulini o’rganish, biografiya metodlari - bola
taraqqiyotini ilmiy-psixologik jihatdan o’rganishning yordamchi metodlari mazmuni, mohiyati,
qo’llash usullari. Bolalar tasviriy faoliyati mahsulini tahlil qilish. Guruhdagi o’zaro munosabatlarni
aniqlashda sotsiometrik metoddan foydalanish.
4-mavzu: Psixikaning nerv-fiziologik asoslari
Nazariy mashg’ulot. Miya va psixika, miya, uning tuzilishi va psixik hayotda tutgan o’rni.
Miyaning reflektorlik faoliyati va katta yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari. Birinchi va
ikkinchi signallar sistemasi hamda ularning o`zaro bir-biriga bog`liqligi. Dinamik stereotip.
Miyaning yoshga ko’ra ulg’ayishi.
Dostları ilə paylaş: