O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
qo’yiladigan talablar. (Nazariy) MTMda musiqiy mashg’ulotlarni tashkil etishda tarbiyachining o’rni. Tarbiyachi va misiqa
rahbarining qobiliyatlari,MTMda hamkorlikdagi ish faoliyatlari haqidagi bilimlar bilan
tanishtiriladi. Fanning nazariy mashg`ulotlari. Nazariy dars-rejali tashkillashtirilgan, aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan
boshqarib turiladigan ta`lim va tarbiya jarayonidir. Bu jarayonda ma`lum bir maxsus soha
bo`yicha nazariy bilimlar tizimli ravishda ta`lim oluvchilarga yetkaziladi. Bu jarayonda ta`lim
beruvchi nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash yo`llari bilan tanishtiradi.
Nazariy dars asosan mahsus jihozlangan sinfholarda o`tkaziladi. Bu sinfhonalarda turli texnik
vositalar ishlatilishi tavsiya etiladi.
Yangi bilimlarni berish nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida amalga oshirish, keyin esa
bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi interfaol metodlarni amalga
oshirib, ta`lim oluvchilarning bilimlarini mustahkamlash kerak.
Nazaruy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi
ta`minlanlanadi. Amaliy mashg`ulotlarda ta`lim beruvchi ish o`rnida faqat ish topshiriqlariga
tegishli qo`shimcha bilimlarni berishi kerak. Agarda amaliy mashg`ulotlarda ta`lim beruvchi
ta`lim oluvchilarning dastlabki bilimlarida kamchilik borligini aniqlasa, u kerakli nazariy
bilimlarni beradi.